Maktabgaça ta'lim vazirligi va Toşkent davlat şarqşunoslik instituti örtasida hamkorlik va özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.

Vazirlik xabariga köra, kelişuvning asosiy maqsadi bolalar orasida ma'naviyatni şakllantiriş, ularni milliy madaniy qadriyatlarga munosib tarbiyalaş böyiça birgalikda işlaş hamda maktabgaça yoşdagi bolalarga ta'lim berişning innovatsion usullarini joriy qilişdir. 

«Toşkent davlat şarqşunoslik instituti köp yillar mobaynida malakali kadrlarga ta'lim berib, yetkazib bermoqda. Ular, aynan bizga havodek zarur bölgan yoşlardir. Maktabgaça ta'lim tizimidagi islohotlar va tarbiya jarayoniga ta'limni joriy qilişda ta'lim beriş sifatini yangi bosqiçga kötara oladigan kadrlar tanqisligi masalasi paydo böldi», - dedi maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin.

Uçraşuvda oliy öquv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlaş jarayonida amaliyotning örni alohida ta'kidlandi. Şundan kelib çiqqan holda TDŞI talabalari amaliyotini MTTlarda taşkil etiş taklif etildi. 

MTTda xorijiy tillarga örgatişni taşkil etiş bolalarning kelgusida bir neça tilni bilişida mustahkam poydevor böladi, deyiladi vazirlik ma'lumotida.