Qaror bilan Toşkent davlat şarqşunoslik instituti negizida Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti taşkil etildi.

Belgilanişiça, 2020/2021 öquv yilidan boşlab:

  • universitetga ta'lim standartlarini işlab çiqiş, malakaviy talablar, öquv rejalari va dasturlarini, şuningdek, ilğor xalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholaş hamda öquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalaşuvini ta'minlaş tizimini işlab çiqiş va tasdiqlaş huquqi beriladi;
  • universitetda ta'lim jarayoni bosqiçma-bosqiç kredit-modul tizimi asosida amalga oşiriladi;
  • xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda taşkil etiladigan qöşma ta'lim dasturlarining öquv rejalari va fan dasturlari TDŞU tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelişilgan holda mustaqil tasdiqlanadi;
  • universitetda şarq tillari öqitiladigan ta'lim muassasalari öqituvçilari uçun doimiy faoliyat yurituvçi qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari taşkil etiladi hamda kurslardan muvaffaqiyatli ötgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

2020/21 öquv yilidan boşlab, universitetga öqişga qabul qilişda şarq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyğur, yapon tillari) topşiriladigan köp balli tizim böyiça imtihonlar örniga test sinovlari ötkazilişi yölga qöyiladi.

2021/2022 öquv yilidan boşlab esa uşbu tajriba boşqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirğiz tillari va boşqalar) böyiça respublikadagi barça davlat oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişda joriy etiladi.

TDŞU özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötayotganini hisobga olib, 2020/2021 öquv yilidan boşlab:

  • professor-öqituvçilarning öquv yuklamasini ilğor xorijiy tajriba asosida qayta körib çiqadi hamda ularning iş faoliyatini darslarga sifatli tayyorgarlik körişga va ilmiy salohiyatini kuçaytirişga qaratadi;
  • ilmiy loyihalarni bajariş jarayoniga iqtidorli talabalar, magistrantlar va doktorantlarni jalb qilişni kengaytiradi;
  • iqtidorli talabalar, magistrantlar va doktorantlarning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini tanlov asosida moliyalaştiriş çoralarini köradi;
  • fakultetlar tarkibi va kafedralar yönalişlarini körib çiqsin hamda ularning faoliyatini yetakçi xorijiy OTMlar tajribasi asosida qayta taşkil etadi;
  • ta'lim sifatini oşiriş, öquv va ilmiy faoliyatni ilğor xorijiy tajriba asosida taşkil etiş maqsadida nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarining professor-öqituvçilari iştirokida onlayn kurslar, ma'ruzalar va mahorat darslarini muntazam taşkil etadi;