Toşkent davlat şarqşunoslik instituti delegatsiyasi Hindistonning Gujarat ştatidagi yetakçi universitet - Gujarat universitetiga taşrif buyurdi. Universitet 1947 yilda taşkil etilgan bölib, ştatning eng qadimiy va yirik universiteti hisoblanadi.

Universitet va ixtisoslaşgan kafedralar rahbariyati bilan bölgan uçraşuvda özaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Uçraşuv yakunida hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi, unda nafaqat öqituvçilar va talabalar almaşinuvi, qöşma öquv va ilmiy tadbirlar ötkazilişi, balki 2020-2021 öquv yilidan boşlab filologiya ixtisosligi böyiça öqiyotgan TDŞI hindşunos magistrantlari uçun ikki tomonlama diplomlar dasturini (1+1) oçiş, 2020 yilda TDŞIda Gujarat universiteti Smart sinfini taşkil etiş ham nazarda tutilgan, dedi TDŞI xalqaro hamkorlik böyiça prorektori Elyor Mahmudov.

TDŞI delegatsiyasi Gujarat universitetining Startaplar va tadbirkorlar kengaşi faoliyatiga katta qiziqiş bildirdi. Kengaşning 3 yillik faoliyati davomida universitetda 120ta startap kompaniyalar taşkil etildi, ularning 50 foizga yaqini universitet talabalariga tegişli.

TDŞI delegatsiyasining Hindistonga taşrifi doirasida Hindiston Ta'lim vazirligi huzuridagi urdu tilini tarğib qiliş böyiça Milliy kengaş rahbariyati bilan uçraşuv bölib ötdi. Şarqşunoslik institutida urdu tili sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş, natijalarini keyinçalik naşr etiş, şuningdek, urdu tilidagi öquv va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlaş böyiça kelişuvga erişildi.

Jamiya Millia Islomia universiteti bilan hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi va hamkorlikning asosiy yönalişlari belgilandi. Uşbu universitet Hindistonda özbek tili öqitiladigan yagona ta'lim dargohidir.
Taşrif doirasida TDŞI delegatsiyasi mamlakatning yetakçi universitetlari - Dehli va Javoharlal Neru oliygohlari bilan memorandumlar imzolaşni rejalaştirmoqda.












