Yaponiyaning Fukusima prefekturasidagi sport majmuasida kuçli radiatsiya öçoqlari aniqlandi. Bu yerdan 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi maş'alasi estafetasi boşlanişi kerak. Bu haqda «Grinpis» nohukumat taşkilotiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilindi.    

«Grinpis» ma'lumotlariga köra, Fukusimadagi J-Village stadioni atrofidagi yer sirtida radiatsiya darajasi soatiga 71 mikrozivertga yetgan, bu esa 2011 yilda “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida yuz bergan avariyagaça bölgan darajadan 1775 marta yuqoriroqdir. Öşanda radiatsiya darajasi soatiga 0,04 mikrozivert bölgan.

Ta'kidlanişiça, «Grinpis» 18 noyabrda Yaponiya atrof-muhit vaziri Sindziro Koidzumiga Olimpiya obektida odamlarni radiatsiyadan himoyalaş uçun tezkor çoralar köriş talabi bilan maktub yöllangan. Maktub nusxalari şuningdek  Xalqaro Olimpiya qömitasi va Yaponiya Milliy Olimpiya qömitasiga hamda Fukusima gubernatoriga yöllangan.    

«Grinpis» mutaxassislari sport majmuasi atrofidagi radiatsiyani yangitdan ölçab, hukumat tomonidan körilgan çoralar qançalik samarali bölganini bilişmoqçi.