Rossiyaning Krasnodar ölkasi politsiyasi Krasnodardan çiqişda markaziy osiyolik noqonuniy migrantlar guruhini uşladi. Bu haqda Rossiya içki işlar vazirligining Krasnodar ölkasi boş boşqarmasida ma'lum qilindi. 

Politsiya xodimlari Rossiya orqali yaqin xorijiy davlatlardan biriga yönalayotgan şubhali avtobusni tekşiriş uçun töxtatişganda avtobusdagi 35 kişidan 22 nafari Rossiya hududiga noqonuniy ravişda kelgani aniqlangan.

Ta'kidlanişiça, politsiya tomonidan tarqatilgan operativ videos'yomkada uşlangan noqonuniy migrantlarda Özbekiston fuqarosi pasporti bölgani aks etgan. Avtobus esa davlat raqamiga köra Qozoğistonda qayd qilingan.  

Uşlanganlarga nisbatan sud qaroriga köra 5 ming rubl jarima solingan va ular Rossiya hududidan çiqarib yuboriladilar.

Avtobusning 51 yoşli haydovçisiga qat'iyroq çora körilişi mumkin. Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining “Noqonuniy migratsiyani taşkillaştiriş” moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilişi masalasi körilmoqda.