Öqituvçilar, jamoat transporti haydovçilari, sud xodimlari, tibbiyotçilar, aviadispetçerlar va boşqa köplab sohalar vakillari köçalarga çiqişgan. Politsiyaçilar orasida ham namoyişlarga qöşilganlar bor.

Namoyişçilar tutgan plakatda «Qaşşoqlik uruğini ekkanlar ğazab hosilini öradi» deb yozilgan

Köplab maktablarda öqiş töxtab qolgan, jamoat transportida uzilişlar yuzaga kelgan, köplab şifoxonalarda juda kam sondagi xodimlar xizmat körsatmoqda.

Sönggi vaqtlardagi eng yirigi deb hisoblanayotgan bu namoyiş Makronning universal pensiya tizimi böyiça taklifiga qöşilmagan kasaba-uyuşmalari bilan kelişilgan holda taşkillaştirilgan.

Kasaba uyuşmalari faollari va namoyişçilar Marselda avtobus harakatini tösib qöyişdi

«Biz iqtisodiyotni töxtatib qöyişimiz kerak. Odamlar jangga otlandi», deya söl kuçlarning Force Ouvriere kasaba-uyuşmasi yetakçilaridan biri Kristiana Grolening sözlarini keltirmoqda Reyters agentligi.

Hukumat norozilik aksiyalari ötkazilişidan avvaldan xabardor edi va transport kollapsi yuzaga kelişi va iqtisodiyotga jiddiy zarar bölmasligi uçun ma'lum tayyorgarlik işlarini amalga oşirdi.

Iş taşlaşlar davom etişi kutilmoqda, ayrim kasaba-uyuşmalari rahbarlari Makron öz rejasidan voz keçmagunça namoyişlar davom etişini ma'lum qilgan.

Islohotlar nega bu qadar norozilik keltirib çiqardi?

Fransiyada önlab turli pensiya dasturlari mavjud. Makron bu tizim murakkab va qimmatga tuşadi deb hisoblamoqda. U pensiya hisoblaşning yagona mexanizmini yölga qöyişni istamoqda.

Emmanuel Makron saylovoldi kampaniyasi vaqtidayoq pensiya islohotlari ötkazişni va'da qilgandi

Prezidentning rejasi har bir işlangan kun uçun ball qöyib boriş tizimini nazarda tutadi. Unga köra, kelgusida pensiya hajmi töplangan ballarga asoslanadi.