Samarqand şahri Qorasuv massividagi «Obod maskan» mahallasida Boş Qomus kuni qabul qilingan kun munosabati bilan 546 xonadondan iborat 13 ta qöp qavatli arzon uy-joylar foydalanişga topşirildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi PQ-3350 sonli qaroriga muvofiq «Özşahar quriliş invest» injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida bunyod etilgan mazkur turarjoylarda aholi uçun barça qulayliklar yaratilgan. Şu örinda ta'kidlaş joizki, Samaraqand viloyatida uşbu kompaniya buyurtmaçiligida şu kungaça zamonaviy loyihalar asosida 61 ta köp qavatli arzon uy-joylar bunyod etildi. 

Xususan, 2017 yil dasturga muvofiq Samarqand şahrida 9 ta 5 qavatli jami 405 xonadonli uylar qurib bitkazilgan. 2018 yilda esa jami 36 ta turarjoy barpo etilgan. Şundan Samarqand şahrida 32 ta 7 qavatli jami 1344 xonadonli uylar qurilgan bölsa, Kattaqörğon şahrida 4 ta 180 xonadonli 5 qavatli arzon köp qavatli uylar qurib foydalanişga topşirilgan. Uşbu uylarning 32 tasi 2 yölak, 42 xonadon 4 tasi esa 3 yölak, 45 xonadondan iborat. 

2019 yil dasturiga muvofiq Samarqand şahrida jami 13 ta 7 qavatli 546 xonadonli hamda Kattaqörğon şahrida 3 ta 5 qavatli 135 xonadonli uylarni qurilişi belgilangan edi. Dastur ijrosi öz vaqtida sifatli amalga oşirildi. E'tiborlisi, joriy yildan boşlab zamonaviy loyihalar asosida barpo etilgan turarjoylar atrofini obodonlaştiriş, bolalar maydonçalari bunyod etiş va taşqi kommunikatsiya işlariga ham özgaça yondaşildi. 

Uylarni foydalanişga topşirişga bağişlangan tantanali marosimga viloyat hokimi, nuroniylar va quruvçilar iştirok etib yangi xonadon sohiblarini muborakbod etdi. 

«Özşahar quriliş invest» matbuot xizmati