7 dekabr kuni Xorazm viloyati markazi Urganç şahrida Özbekiston qişloq xöjaligi xodimlari kuni va Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bağişlangan «Hosil bayrami» ötkazildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, tumanlar hokimlari, davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, qişloq xöjaligi xodimlari, mehnat faxriylari, yoşlar, sportçilar iştirok etişdi.

Urganç ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati stadioni hududida viloyatning barça tumanlari öz pavilonlarida qişloq xöjaligida erişilgan yutuqlar, yetiştirilgan mahsulotlarining körgazmasini taşkil qilişdi.

Yil davomida samarali hosildorlikka erişgan Xonqa, Yangibozor, Xiva va Şovot tumanlarining 4ta sektor rahbarlariga viloyat hokimligining sovğalari, yengil avtomobillar topşirildi. Qişloq xöjaligining bir guruh faol xodimlari ham qimmatli sovğalar bilan taqdirlandilar.

Şundan söng, bayram tadbiri sayl körinişida davom etdi va madaniy dasturlar, xalq öyinlari va sport musobaqalari boşlandi. Milliy sport turlari bölmiş kuraş, qöl qayiriş, toş kötariş va arqon tortiş böyiça musobaqalar ötkazildi. Bayram tadbiri xorazmlik san'at ustalarining konsert dasturi bilan yakunlandi.

Kun.Uz muxbiri Nurmuhammad Said