«Prezident Mirziyoyev - Özbekistondagi islohotlar davrining me'mori» nomli asar XXR Taşqi işlar vazirligining Xitoy xalqaro muammolar akademiyasi muvofiqlaştiruvi ostida «Xalqaro hayot» naşriyoti tomonidan çop etildi.

Asarda Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston buguni va ertangi kuni haqidagi strategik qaraşlari, uning Markaziy Osiyo mintaqasida ŞHT hamda Yevroosiyo hududida xavfsizlik va taraqqiyot ta'minlanişida tutayotgan faol örni öz ifodasini topgan. Şuningdek, Özbekiston taraqqiyotining ösuvçanligi, sönggi uç yil içida mamlakat içki va taşqi siyosatida röy bergan e'tiborga sazovor özgarişlar ham xitoylik kitobxonlarning e'tiboriga havola qilingan.

Bundan taşqari mualliflarning Özbekiston va Xitoy örtasidagi strategik şeriklikni yangi bosqiçda yanada çuqurlaştiriş böyiça konseptual ğoyalari ham aks etgan.

Kitob mualliflari orasida tadqiqot tizimlarining xalqaro reytingida yetakçi örin tutadigan Xitoy Xalq Respublikasida faoliyat körsatuvçi nufuzli tahliliy-ilmiy markazlar rahbarlari hamda ekspertlari, jumladan, Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi, Taşqi işlar vazirligining Xitoy xalqaro muammolar akademiyasi, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi va boşqa qator ilmiy markazlarning yetakçi tahlilçilari mavjud.

Taqdimot marosida Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-akademik doiralari, Xitoyning yetakçi ommaviy axborot vositalari vakillari hamda Pekinda akkreditatsiyadan ötgan bir qator diplomatik korpus rahbarlari iştirok etdilar. 

Xitoy xalqaro muammolar akademiyasi prezidenti Tsi Çjenxun marosimni oçar ekan, Özbekiston yetakçisi mamlakatning uzoq muddatli rivojlanişidagi asosiy vazifalarni belgilab bergani va ular 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi doirasidagi keng kölamli islohotlar dasturining asosini taşkil etişini ta'kidladi.

«Özbekistonda röy berayotgan keng qamrovli özgarişlar sababi «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun», «Odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun öz hayotida ijobiy özgarişlarni körişni istaydi» singari inkor etib bölmaydigan haqiqatga sodiqlik bilan izohlanadi, – dedi u. – Bunday tamoyillar davlat va jamiyatni tizimli isloh qiliş maqsadida Özbekiston yetakçisi olib borayotgan içki siyosatning asosini taşkil etadi.