Rossiyalik milliarder, Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi prezidenti Alişer Usmonov Butunjahon antidoping agentligi (WADA) rahbari Kreyg Ridi va Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) prezidenti Tomas Baxga xat bilan çiqdi. Unda tadbirkor barça rossiyalik sportçilarga Rossiya bayroği ostida xalqaro musobaqalarda qatnaşiş taqiqlanişi mumkinligini qoraladi.
«Interfaks» tomonidan keltirilgan maktub matnida aytilişiça, Usmonov antidoping qoidalarini buzganlarga qarşi «eng jiddiy sanksiyalar» talab qiladi. Ammo, u rossiyalik sportçilar xalqaro musobaqalarda qatnaşişdan çetlatilişi mumkinligini adolatsiz, deb hisoblaydi. Milliarderning sözlariga köra, Rossiya bayroği ostida bahslarda iştirok etişga taqiq qöyiş navbatdagi kamsitiş holatiga aylanadi.
«Dopingga qarşi şafqatsiz kuraş qasos olişga aylanmasligi va xuddi şu huquqbuzarlik uçun yangi sanksiyalar qöllanilişiga olib kelişi kerak emas», - deb hisoblaydi Usmonov.
Aybdorlarning jazolanişi aybi bölmaganlarning ham ta'qibga uçraşiga olib kelmasligi lozim, deya ta'kidlab ötdi Usmonov. U WADA va XOQni rossiyalik halol sportçilarga xalqaro musobaqalarda «kamsitiş va asossiz çeklovlarsiz» iştirok etişni davom ettirişga ruxsat berişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, rossiyalik sportçilar 4 yilga yirik xalqaro musobaqalardan çetlatilişi mumkin: Muvofiqlik qömitasi WADA’ga şunday tavsiya bergan.
Agentlik bayonotiga köra, bunga Rossiya tomonidan navbatdagi doping qoidabuzarliklariga yöl qöyilişi sabab böldi. Gap Moskva aksildoping laboratoriyasi ma'lumotlari soxtalaştirilişi haqida bormoqda.
Agar tavsiyalar bajarilsa, rossiyalik sportçilar Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiadada iştirok etişga qöyiladi, biroq 2018 yil Pyongçangda bölib ötgan qişki Olimpiadadagi kabi neytral maqomda iştirok etadilar. Rossiya bayroği taqiq ostida böladi, ğolib bölgan sportçilar şarafiga Rossiya madhiyasi yangramaydi.

















