Özbekistonning Qozon şahridagi boş konsulxonasi (Rossiya) FVVning Orenburg oblasti böyiça boş boşqarmasiga tayanib ma'lum qilişiça, 2019 yil 8 dekabr kuni «Qozon-Orenburg-Akbulak» trassasida Ugolnoye qişloği hududida «Gazel» yuk maşinasi va miniven iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
TIV xabariga köra, YTH natijasida voqea joyida 4 kişi halok böldi, yana tört kişi Sol-Iletsk şahridagi «Gorodskaya bolnitsa» davlat budjet soğliqni saqlaş muassasasiga yotqizildi. Jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarosi I.B. bor. Uning soğliği holati uzoq muddatli davolanişni talab qiluvçi örtaça oğir darajada.
Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy hokimiyat va vatandoşimiz joylaşgan tibbiy muassasa bilan doimiy aloqada bölib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgaböyi federal okrugi (Boşqirdiston Respublikasi, Kirov oblasti, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm ölkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Çuvaşiya Respublikasi) hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur holatlarda Qozon şahridagi mamlakat boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini ma'lum qildi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.












