Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni davlat iştirokidagi korxonalarni isloh qiliş natijadorligi va bu yönalişdagi ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.  

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat iştirokini bosqiçma-bosqiç kamaytiriş maqsadi ham belgilangan edi. Şunga muvofiq, joriy yil 14 yanvarda prezidentning «Davlat aktivlarini boşqariş, monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş tizimini va kapital bozorini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Ötgan qariyb bir yil mobaynida korxonalarning ustav kapitalidagi davlat uluşini samarali boşqariş, iqtisodiy noçor korxonalarni moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça muayyan işlar amalga oşirildi. 

Tahlillarga köra, bugungi kunda mamlakatda 2819ta davlat iştirokidagi korxonalar mavjud. Ularning aksariyati eski usulda, samarasiz işlagani sababli hatto dividend tölay olmaydi.

Prezident bu holatni jiddiy tanqid qildi.

– Davlat iştirokini heç zarurat bölmagan sohalarda ham saqlab turibmiz. Davlat korxonalarini boşqariş, faoliyati samarasini oşiriş, ularning funksiyalarini xususiy sektorga beriş böyiça hali sezilarli özgarişlar bölmadi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu bois, yiğilişda 2020 yilda davlat iştirokidagi korxonalarni boşqariş böyiça yangi vazifalar belgilandi. 

Avvalo, bunday korxonalarni isloh qiliş yoki tugatiş, saqlaş yoki xususiy sektorga beriş masalasini örganiş böyiça Boş vazir, uning örinbosarlari va maslahatçilari boşçiligida işçi guruhlar taşkil etildi.

Jumladan, axborot texnologiyalari sohasidagi 140ta korxona, hududlardagi kommunal, quriliş va xizmat körsatiş sub'yektlariga tegişli 1573ta, geologiya, metallurgiya, moliya taşkilotlari böyiça 137ta, yengil sanoat, maşinasozlik va elektrotexnika tarmoqlaridagi 49ta, ijtimoiy soha, turizm va farmatsevtika yönalişidagi 449ta, kimyo, neft-gaz, energetika sohasidagi 42ta, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat tarmoğidagi 330ta, sanoat zonalaridagi 99ta korxona böyiça alohida işçi guruhlar tuzilib, ularning har biriga moliya vaziri örinbosarlari biriktirildi.

Işçi guruhlarga bir oy muddatda har bir korxonani töliq xatlovdan ötkazib, ularning rentabelligi, hozirgi quvvati va istiqbolini tahlil qilgan holda, 2020 yilga möljallangan aniq reja va takliflar işlab çiqiş topşirildi. 

Köplab kompaniyalar moliyaviy hisobot yuritiş, içki nazorat va audit ötkaziş, boşqaruvga mustaqil a'zolarni kiritiş kabi masalalarda oqsayotgani körsatib ötildi.

Mutasaddilarga mazkur kompaniyalarda korporativ boşqaruvni keng joriy etiş, bazaviy sohalardagi 32ta yirik korxonani isloh qilişni jadallaştiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Samaradorlikning muhim körsatkiçlari – KPI (Key Performance Indicators) har bir korxonada işlab çiqilişi va muntazam nazorat qilinişi lozimligi ta'kidlandi. 
Davlat uluşi böyiça dividendlar hisoblanişi va budjetga ötkazilişini nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça ham vazifalar belgilandi. 

Transport vazirligida Loyiha ofisi tuzib, uşbu sohadagi korxonalarga xususiy sektorni jalb etiş yuzasidan körsatmalar berildi.

Xususiylaştirişga oid yondaşuvlarni tubdan yangilaş, xalqaro ekspertlarni jalb etib, bu borada bozor iqtisodiyotiga xos va mos tizimga ötiş zarurligi ta'kidlandi.

Xususiylaştiriş va korporativ boşqaruv böyiça mutaxassislar tayyorlaş hamda malakasini oşiriş, davlat iştirokidagi korxonalar rahbarlarini şu borada öqitiş muhimligi qayd etildi. 

Yiğilişda muhokama qilingan masalalar yuzasidan zarur çora-tadbirlar belgilandi.