Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klub sessiyasi bölib ötmoqda. Unda sud-huquq sohasidagi özgarişlar muhokama qilinyapti.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakillik (Ombudsman) kotibiyati vakili Saidbek Azimovning Adliya vazirligi, Oliy sud, Boş prokuratura, IIV mutasaddilari, huquqşunoslar, ekspertlar iştirok etayotgan tadbirda aytişiça, bugungi kunda heç qanday tösiqlarsiz koloniyalardagi tartib tekşirilmoqda.
“Oldin axloq tuzatiş koloniyalarida yuzaki nazorat olib borar edik. Bugungi kunga kelib heç qanday tösiqlarsiz koloniyalardagi tartibni tekşirmoqdamiz.
Bu yil Ombudsmanda qiynoqlarni oldini oliş böyiça mexanizm işlab çiqildi. Bu borada hozir 300ga yaqin monitoring olib bordik. Biz hozir ogohlantirişsiz ham, heç qanday qarşiliksiz koloniyalarning xohlagan joyiga kirib öz işimizni olib boryapmiz”, - dedi u.

















