O‘zbekiston | 11:27 / 11.12.2019
6174
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyasi Toshkentda «aqlli jamoat transporti»ni yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqdi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Leon technology Co. Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qilmoqda.

Uchrashuvda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Xorijiy tomon qator yo‘nalishlarni qamrab olgan Smart city loyihasini taqdim qildi. Hamkorlikning ilk bosqichida aniq bir yo‘nalishida ish boshlash muhimligiga e'tibor qaratib, jamoat transporti va bekatlarga mo‘ljallangan innovatsion takliflarni aytib o‘tdi. Xitoy Xalq Respublikasining “Aqlli jamoat transporti” loyihasi to‘lovlarni to‘lash, bepul internetdan foydalanish, transport yo‘nalishi va manzilga eng maqbul yo‘nalish haqida ma'lumot olish imkoniyatini beruvchi bir necha tarkibiy qismlardan iborat. Shuningdek, ular yo‘l yoritgichlaridan tarqaluvchi Wi-Fi hududlarni tashkil qilish masalasiga e'tibor qaratdilar.

Yig‘ilishda Toshkent shahar hokimligi mas'ul shaxsi poytaxtda “Aqlli va xavfsiz shahar” konsepsiyasini joriy qilishga alohida e'tibor qaratilayotgani, bu borada ilg‘or davlatlar va shaharlarning tajribasi o‘rganilayotgani, takliflari ko‘rib chiqilayotganligini aytib o‘tdi. Xitoy mutaxassislari bilan hamkorlikda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga AKTni joriy qilishga qaratilgan pilot loyihani amalga oshirish borasida bir qator fikrlarni bildirdi, bu orqali ikki tomonning ham sharoit, imkoniyat va takliflarini ko‘rib chiqish mumkinligini ta'kidladi. 

Leon Technology Co. Ltd. kompaniyasining jamoat transporti faoliyatiga qaratilgan ilg‘or ishlanmalari ham shahar uchun ahamiyatli ekanligini e'tirof etib, bu yo‘nalishdagi hamkorlik masalasi atroflicha ko‘rib chiqilishini bildirdi.

Mavzuga oid