Startdagi muşt

Debyut juda açinarli edi. U qadar qiyin bölmagan raqibga qarşi bergamoliklar ilojsiz qolişdi. Öta yuqori pressing bilan harakat qilgan «Atalanta» yarim himoyasidan zagrebliklar osonlik bilan öta boşladilar va hujumda keng hududlarga ega böldilar. Birinçi bölimdayoq hisob – 3:0. Ikkinçi bölimda «Atalanta» butunlay boşqa uslubda öynadi va yaxşiroq natijaga munosib edi, lekin Sapata va Paşaliç qulay vaziyatlardan foydalana olişmadi. «Dinamo» hujumçisi Orşiç esa foydalandi – 4:0.

Gasperini şunçaki, raqibini mensimagan bölişi mumkin. Murabbiyning özi ham buni tan oldi: «Ular meni intensiv harakatlar va tezkorlik bilan hayron qoldirişdi. «Atalanta»dagi faoliyatim davomida heç qaçon bu qadar oğir holatga tuşamagandik. Ikkinçi bölimda yaxşi öynay boşladik, lekin keç edi. Bu mağlubiyat bizga saboq böladi», – dedi murabbiy öyindan söng.

«Şaxtyor»ga qarşi 2-turdagi öyinni «Atalanta» juda yuqori tempda boşladi. Mezbonlar birinçi bölimda ikkita juda xavfli vaziyatga ega bölişdi, penalti tepişdi, lekin faqat bir marta gol urişning uddasidan çiqişdi. Bölim oxirida esa juda kutilmagan, keraksiz gol ötkazib yuborildi.

Keyin yana vaziyatlar böldi, Sapata esa juda yaqin masofalardan gol ura olmaslik böyiça rekord ham örnatdi, şekilli. Uçraşuv oxirlarida butun jamoa bölib hujumga taşlangan jamoa yana bir marta jazolandi. «Mançester Siti»ga qarşi öyinlar oldidan, ikki öyindan keyin nol oçko – juda ayançli va imkonsiz holat. Oldinda yana bir mağlubiyat kutib turardi.

Gasperini, dunyoning eng kuçli jamoalaridan biriga qarşi, safarda öynab turib ham, uslubiga sodiq qoladigan murabbiy. Hali heç narsa yöqotilmagani va Mançesterda natija uçun öynaş niyati borligini murabbiy A Seriyada ham isbotlagan, şu uçraşuv oldidan Italiyada ötkazilgan turda ba'zi yetakçilariga dam bergandi. «Atalanta» örta blokda himoyalandi va köp bor töpni nazorat qiliş, paslar orqali öynaşga urindi. Bu esa, töp yöqotişlar köpayişiga sabab böldi. Malinovskiy va Gomes birgalikda 11 marta keraksiz joyda xatolarga yöl qöyişdi, darvozabon juda köp marta qutqarişiga töğri keldi. Birinçi bölim «Siti» foydasiga 2:1 hisobida tugadi.

Gvardiola asabiylaşa boşladi, Gasperini esa, jiddiy şaklda ikkinçi bölimda hisobni tenglaştiriş uçun tayyorlandi. 55 foiz töp nazorati, darvozaga zarbalar böyiça 10-7. Lekin gollar hisobida 0:3. Umumiy hisob – 1:5. Oğir jazo, lekin «Siti»ga qarşi taşabbuskor öynaşga intiliş boşqaça oqibatga olib kelarmidi?

Uç öyinda uç mağlubiyat. Keyingi bosqiç uçun imkoniyat deyarli yöq, buning ustiga jamoa özini yaxşi tomonlarini körsata olmadi ham. Agar Italiya çempionatini kuzatmaydigan muxlis bölsa, «Atalanta» qanday qilib YeÇLga çiqib qolganiga ham tuşunmagan bölardi. Xöş, «Atalanta»ning xususiyati nimada özi?