Nihoyat, ötgan haftadan boşlab, kuçli beşlik ligalarida navbatdagi mavsumga start berildi. Dastlabki turlar jamoalarning mavsumga qay darajada tayyor ekanini kuzatiş bilan birga, yangi transferlarga baho beriş uçun ham qulay fursat. Biz esa doimiy an’anamizga sodiq qolgan holda yumuşingizni osonlaştiramiz va e’tiborga molik uçraşuvlar haqida ma’lumot beramiz.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
SeLTA – ReAL MADRID (21 avgustga ötar keçasi, 01:00)
Superkubok sohibi La Ligadagi navbatdagi mavsumni u qadar işonçli boşlamadi – kamtargina «Almeriya»ga safardan faqat 2-taymdagi buriliş hisobiga uç oçko bilan qaytildi. Albatta, öyin sifati hozirda Ançelottini kamroq xavotirga soladi, asosiysi, kerakli oçkolar yöqotilmasligi kerak. Madridliklar mavsumni qatorasiga uç safar öyini bilan boşlaşmoqda va Vigo safari bu öyinlar içida eng oğiri bölişi kutilmoqda. «Selta» «Real»ga qarşi oxirgi 4 öyinda mağlubiyatga uçragan bölsa-da, doim top-klublarga munosib qarşilik qilib kelgan. Ötgan mavsum Vigoda ötgan öyinda faqat Benzemaning ikki penaltisi mehmonlarga ğalaba olib kelgan bölsa, Madriddagi öyinda hatto mehmonlar birinçi taymni öz foydalariga hal qilgandi. Töğri, keyinçalik yana öşa Benzemaning het-trigi «Real»ga 5:2 hisobidagi ğalabani taqdim etgandi.
Foto: Getty Images
Yana bir qiziq jihat, «Real» uşbu öyin oldidan Kazemiro bilan xayrlaşdi. Braziliyalik yarimhimoyaçi «Mançester Yunayted» taklifini qabul qildi va bu haqda Karlo Ançelottining özi matbuot anjumanida ma’lum qildi. Futbolçi 1-turda ham maydonga tuşmagan, lekin aynan Kazemiro jamoani tark etganidan keyingi yeçim köpçilikni qiziqtiradi. Xöş, Tçuameniga birdaniga katta imkoniyat taqdim etiladimi yoki Valverde markazga qaytadimi? Balkim Kroos – Modriç – Kamavinga uçligi yuzaga kelar? Bu savollargi ilk taxminiy javoblarni aynan «Selta»ga qarşi öyinda körişimiz mumkin.
Madridliklar tarkibida Kazemirodan taşqari, Rodrigo va Odriosolalar ham Vigoga bora olişmaydi. Bu futbolçilarda jismoniy toliqiş kuzatilgan va kamida bir uçraşuvni ötkazib yuborişadi.
«Selta» esa mavsumning dastlabki öyinida alamli tarzda ğalabani qöldan çiqardi. Öyinning sönggi çoragigaça ikki töp farqi bilan «Espanol»ni mağlubiyatga uçratib turgan vigoliklar faqat durang bilan kifoyalanişdi. Ötgan mavsumni turnir jadvalini ikkinçi yarmida tugatgan «Selta» yozgi transfer darçasini ança faol ötkazmoqda va katta ehtimol bilan jamoadan yaxşiroq natijalarni kutişimiz mumkin. Jamoa safiga «Roma»dan Karlos Peres, «Sevilya»dan Oskar Rodriges va «Atletik»dan Unai Nuneslar ijaraga olib kelindi. Portugaliyalik tajribali hujumçi Gonsalu Pasensiya «Ayntraxt»dan sotib olindi va birinçi öyindayoq gol urişga erişdi. «Barselona»ning sobiq futbolçisi Oskar Mingesa esa erkin agent sifatida jamoa safiga kelib qöşildi.
VeST HEM – BRAYTON (21 avgust, 18:00)
APL örtamiyonalari örtasidagi bahsga alohida e’tibor uçun yetarli emasdir, ammo aynan mana şu klublar salohiyat borasida yevrokuboklar uçun kuraşa oladigan imkoniyatga ega ekanini ham ta’kidlaş kerak. «Vest Hem» buni avvalgi mavsumlarda ham isbotladi va hatto bir neça oy YeÇL yöllanmasi beriladigan örinlarda yurdi. «Brayton» natija borasida biroz oqsagan bölsa-da, mutaxassislar tomonidan yuqori baholanadi va top-klublarni hisobga olmaganda, Angliyada öz yuzi va uslubiga ega bölgan jamoa hisoblanadi. Ayniqsa, joriy mavsum «Old Trafford»dagi çiroyli ğalaba bilan boşlangaç, «Brayton»ni Bissuma va Kukurelya kabi futbolçilarning yöqotilişi ham u qadar kuçsizlantirmaganini körsatdi.
Mavzuga oid
«Vest Hem» esa aksinça, biroz yomon boşladi. «Mançester Siti» bilan öyindagi mağlubiyatni tuşuniş mumkin, ammo ötgan turda «Nottingem Forest» maydonida mağlubiyat bilan qaytiş oğir – jamoa öz muxlislari qarşisida aybini yuvişi şart. Zero debyutant bilan öyinda ham londonliklar yomon öynaşmagandi, kamida uçta golga yetarli vaziyatlar yaratişdi, Rays hatto penaltini golga aylantira olmadi.
Ötgan mavsumda Londonda bölib ötgan töqnaşuvda 1:1 hisobi qayd etilgan – mehmonlar sönggi daqiqalardagi gol evaziga mağlubiyatdan qutulib qolgandi. May oyida, mavsumning sönggi turlarida ötgan javob öyinida esa «Brayton» 3:1 hisobida işonçli ğalabaga erişgan.
Tarkiblarga kelsak, mezbonlar tarkibida Ogbonna va Dousonning maydonga tuşişi söroq ostida. «Brayton» safida esa mavsumni boşlagan futbolçilarning hammasi tayyor, ötgan mavsum oxirida jarohat olgan Yakub Moder katta ehtimol bilan kelasi yilda maydonga tuşa oladi. Ammo jismoniy tayyorgarlik borasida «Vest Hem»da muammolar közga taşlanişini taxmin qilsa böladi. Çunki jamoa payşanba oqşomida Yevropa Konferensiyalar kubogida maydonga tuşdi. Moyyes töliq asosiy tarkibdan foydalanmagan bölsa-da, Souçek, Bouen, Korne, Skamakka, Lansini kabi futbolçilar asosiyda, Antonio, Fornals kabilar esa zaxiradan maydonga tuşişdi. Uşbu öyinda şuningdek, yaqinda «PSJ»dan transfer qilingan Tilo Kerer ham sinab körildi va katta ehtimol bilan navbatdagi öyinda APLda debyutini ötkazsa kerak.
NYuKASL – MANÇeSTeR SITI (21 avgust, 20:30)
Angliyada arab derbisi. Saudiyaliklarning «Nyukasli» amirliklarning «Siti»sini qabul qiladi. Mavsum boşida bu jamoalardagi öxşaşlik yana bor, masalan, dastlabki ikki turdan keyin öz darvozasini daxlsiz saqlab kelayotgan ikkitagina klub bor. Topdingiz.
Köpçilik «Nyukasl»dan transfer bozorida faollikni kutgandi. Ammo jimlik. Faqatgina «Byornli» darvozaboni Nik Poup va «Lill»dan markaziy himoyaçi Sven Botman sotib olindi. Şuningdek, Mett Target transferi ham amalga oşdi, lekin «Aston Villa» himoyaçisi şundoğam ötgan mavsumda ijara asosida «Nyukasl»da töp surgandi. Şunday bölsa-da, uşbu mavsumda «Nyukasl»dan yuksalişni kutişga asoslarimiz bor. Birinçidan, qişki tranfer oynasida ham bir qator yangi futbolçilar jalb qilingan va hali ularning ham tarkibga töliq moslaşişlari davom etmoqda. Ikkinçidan, şu tarkib bilan ham Eddi Hau yomon işlamayapti, zero agar yanvar oyidan hisoblaydigan bölsak, faqat «Mançester Siti» va «Liverpul» köproq oçko jamğargan xolos. Ularniki tuşunarli, sönggi turgaça çempionlik poygasida qatnaşişgan, ammo turnir jadvali örtalarida bölib ham, şunça oçko töplaşga motivatsiya mavjud bölgani ham Hauning katta yutuğidir. Xullas, «Nyukasl» «Mançester Siti»ga osonlikça oçko bermasa kerak. Buning ustiga ötgan mavsumda «şaharliklar» umumiy hisobda 9:0 farq bilan ikki özaro öyinni öz foydasiga hal qilgandi. Qasos vaqti yetgandir.
Foto: Getty Images
Mehmonlardan esa yana jamoaning Holandga, Holandning esa jamoaga moslaşuvini kuzatiş qiziq bölmoqda. Birinçi turda aynan norvegiyalik hujumçi barça masalani hal qilib, ikki gol urgan bölsa, «Bornmut»ga qarşi öyinda uning atigi 8 marotaba töpga tegingani butun ijtimoiy tarmoqlarni aylanib yurdi. Hozirça biroz tuşunarsiz, katta ehtimol bilan hali uzoq vaqt Holandning sermahsul öyinlari bilan «Bornmut»ga qarşi bölganidek körsatkiçlari tez-tez almaşib tursa kerak.
Tarkiblar borasida mezbonlarda yöqotişlar köproq. Pep Gvardiola faqat Emerik Laportning yordamidan foydalana olmaydi va bu mavsum boşlanmasdan oldin ham ma’lum edi. «Nyukasl» tarkibida esa Federiko Fernandes, Rayan Freyzer, Mett Targettlarda kiçik jarohatlar bor. Jonjo Şelvi esa dekabrgaça şeriklariga yordam bera olmaydi.
ATLeTIKO – VILYaReAL (21 avgust, 22:30)
«Real» va «Barselona» tuşunarli, agar Ispaniyada yana kuzatiş qiziq bölgan va bu mavsumdan köp narsa kutilayotgan jamoalar bor bölsa, ularning ruyxati mana şu ikki klubdan boşlanadi.
Simeone har qanday şaroitda ham çempion jamoa tuza olişini ikki yil oldin isbotlagandi va katta ehtimol bilan ötgan mavsumdagi izlanişlardan söng, yana yuqori darajaga qaytadi. Jamoa safiga kelib qöşilgan Aksel Vitsel esa ayni muddao, jamoa öyinida muvozanatni tiklaşiga şubha yöq. «Xetafe»ga qarşi öyinda Simeone şogirdlari öta xotirjam töp surişdi. Undanam köra, Morataning dubli, Feliş esa uçta assistni öz hisobiga yozib qöygani – katta voqea. Nihoyat oldingi çiziqdagi boğlamlar iş berişni boşlagandek.
«Vilyareal» esa Yevropa Ligasidagi ğalaba hamda Çempionlar Ligasidagi furrordan söng, nihoyat, liga formatida ham barqarorlikni namoyiş qiliş pallasiga yetib kelgan. Le Çelsoning yana bir yilga tarkibda qolgani, «Uotford»dan Kikoning qöşilişi jamoa öyiniga rang-baranglik olib kirişi turgan gap. Eng asosiysi, ötgan mavsumda YeÇL dagi natijalardan söng, ayniqsa, jamoa himoya çiziğini top-klublar terib olib ketişi taxmin qilingandi, yöq, Pau Torres ham, Foyt ham hozirça öz örnida. Pino, Danjuma, Çukveze kabi iste’dodli futbolçilar hamon tarkibda. Aynan mana şu avgustdagi uçraşuvlar balkim «Vilyareal» yuqori örinlar uçun da’vogarlik qila olişini isbotlar va yulduz futbolçilar tarkibda qolişlariga zamin yaratar? Köramiz.
Bu jamoalar qay darajada bir-biriga mosligini ötgan mavsumdagi natijalar ham aytib turibdi: har ikki uçraşuvda bir xil – 2:2 hisobi qayd etilgandi. Umuman aynan Madriddagi öyinlarda «Atletiko» ikki öyindan beri ğalaba qozona olmayapti.
Darvoqe, «Vilyareal» ham hafta örtasida, payşanba kuni Konferensiya kubogida «Hayduk»ka qarşi maydonga tuşib, 4:2 hisobida ğalaba qozondi. Öşa öyinda Emeri ba’zi bir asosiy tarkib öyinçilaridan foydalanganini e’tiborga olsak, jismoniy tayyorgarlik borasida mezbonlarda biroz ustunlik böladi.
ATALANTA – MILAN (21 avgust, 23:45)
Uzoq kutilgan çempionlikdan keyin «Milan» öyinida pasayiş kuzatilişi, kamida, mavsumni biroz oğir boşlaşi kutilgandi. Lekin aksinça, Pioli şogirdlari «Udineze»ga qarşi öyinni yanada quvnoqroq ötkazişdi, ayniqsa, ötgan mavsumda avvalgi formasiga çiqa olmagan Rebiç yana töpurarlik qobiliyatlarini namoyiş eta boşladi. Umuman sentabr oxirlarida böladigan kiçik tanaffusgaça «Milan» eng yuqori formani namoyiş qilişga majbur, şundagina yangi mavsumda ham yuqori örinlar uçun asosiy da’vogarlardan biriga aylanadi. Mana şu bir oy içida milanliklar «Atalanta», «Sassuolo», «Inter» hamda «Napoli»ga qarşi öyinlarda maydonga tuşişadi. Yaxşi sinov.
«Atalanta» esa imkon qadar tezroq ötgan mavsumni unutişi va yana peşqadamlar safiga qöşilib olişi şart. Esingizda bölsa, bergamoliklar ötgan kuzda hatto çempionlik uçun da’vogarlar safida tilga olingan, Çempionlar Ligasidagi guruhda ham favorit edilar. Lekin birdaniga hammasi teskari ketdi va «Atalanta» hatto 8-öringa tuşib ketdi. Bir tomondan Gasperini uçun mana şu holat, ya’ni boşqalar katta natijalar kutmayotgan paytda yangi jamoa qurib olişi qulay. Jamoa ötgan turda «Sampdoriya» maydonida işonçli ğalabaga erişdi, xavfli vaziyat yaratiş borasida ham, öyin nazoratida ham yaqqol ustunlik qilib, öşa eski «Atalanta»ni eslatib yubordi. Jamoa tarkibiga «Leypsig»dan kelib qöşilgan, öz vaqtida «Lester» va «Fulhem» safidagi öyinlari bilan bizga taniş bölgan Ademola Lukman esa zaxiradan maydonga tuşib, gol muallifi böldi. Yangi qahramoningni kutib ol, Bergamo!
Jarohatlar haqida söz boradigan bölsa, «Milan» safida faqat Zlatan Ibrahimoviç şeriklariga yordam bera olmaydi. U yana kamida ikki oy maydonga tuşa olmasligi mumkin. «Atalanta» esa Demiral, Zappakosta va Edersonlarning yordamidan foydalana olmaydi.
Özaro öyinlarga ahamiyat qaratsak, sönggi ön yillikda deyarli tenglikni kuzatişimiz mumkin. Oxirgi 20 öyindan 7 tasini «Atalanta», 7 tasini «Milan» ğalaba qozongan. 6 öyin durang bilan yakunlangan. Şu örinda, qatorasiga 3 öyindan beri milanliklarning qöli baland kelayotganini ham ta’kidlaş joiz. Aynan Bergamodagi oxirgi ğalaba 2019 yilning dekabriga töğri keladi. Öşanda «Atalanta» raqibini 5:0 hisobida yançib taşlagandi.
MANÇeSTeR YuNAYTeD – LIVeRPUL (22 avgust, 23:55)
Şunday bölişi mumkinki, bu turdan keyin, masalan, durang öynaydigan bölişsa, har ikki klub turnir jadvalida xavfli zonada joylaşib qoladi. Tasavvur qiliş qiyin. Ammo aytiş kerakki, «Yunayted»ning ikki mağlubiyatini «Liverpul»ning ikki durangi bilan taqqoslab bölmaydi. Ten Hag şogirdlari dastlabki ikki turda umuman ligadagi eng yomon öyinni namoyiş qilişgan bölsa, «Liverpul»ga şunçaki, omad kelmayapti.
Boşqa tarafdan, «Liverpul»dan omad bir ketsa, anormal darajadagi natijalarga sabab bölişini ham körganmiz. Esingizda bölsa, ikki yil oldin «Liverpul» öyin sifati, yaratilgan vaziyatlar borasida yuqori saviyani namoyiş etgan bölsa-da, gol urişga qiynalgan va qatorasiga bir neçta öyinlarni boy bergandi. Öşa kunlar bilan yana bir öxşaşlik – hozir ham jamoa jarohatlar girdobida qolgan. Sadio Maneni örnini töldiriş bilan şuğullanilişi kerak bölgan paytda, tarkibdagi hujumçilar ham safdan çiqişmoqda – Jota jarohatlangan, Firmino bu öyinga safga qaytişi kutilayotgan bölsa-da, qanday formada bölişi noma’lum. Darvin Nunez esa «Kristal Pelas»ga qarşi uçraşuvda qizil kartoçka oldi va keyingi uçta öyinni ötkazib yuboradi. Şuningdek, Jons, Oksleyd-Çemberlen va Matiplar ham şeriklariga yordam bera olişmaydi. Töğri, şu holatda ham bugungi «Mançester»dan kuçli tarkib tuziş qiyin emas, lekin «Old Trafford»da har narsa kutiş mumkin.
Foto: Getty Images
«Mançester Yunayted»ga tayyorlaniş qiyinroq bölişini Kloppning özi ham tan oldi – «men 0:4 hisobidagi mağlubiyadan keyingi emas, 5:0 ğalabadan keyingi «MYu»ga osonroq tayyorlangan bölardim» – dedi u. Rostan ham, ğalabadan söng, heç narsa özgartirilmaydi, mağlubiyatlardan keyin esa hammasi, Ten Hagning qoğozdagi rejalari ham havoga uçdi. Katta ehtimol bilan «Brayton»dan keyin Fred – Maktominey, «Brentford»dan söng esa Fred – Eriksen juftligiga boşqa qaytilmaydi, u holda maydon markazi qanday köriniş oladi? Öz vaqtida «Ayaks»da yarimhimoyada töp surgan Martines suriladimi yoki yetarliça markaziy himoyaçilar borligidan foydalanib, 3-5-2 sinab köriladimi, qoronğu. «MYu»ning yangi xaridi Kazemironing bu öyinda maydonga tuşmasligi aniq.
Xullas, «Yunayted» oldida xuddi «Nyukasl» kabi ötgan mavsumdagi umumiy 0:9ni qasosini oliş, «Liverpul» uçun esa mavsum boşidan çempionlik poygasidan çiqib ketmaslik uçun ham ilk ğalabani keçiktirmaslik vazifasi turibdi.
BOŞQA ÖYINLAR
20 avgust. TOTTeNHEM – Vulverhempton (16:30), BORUSSIYa D – Verder (18:30), Bornmut – ARSeNAL (21:30), Yunion Berlin – RB Leypsig (21:30), Torino – LATsIO (21:30), INTeR – Spetsiya (23:45)
21 avgust. Lids – ÇeLSI (18:00), Boxum – BAVARIYa (20:30), NAPOLI – Monsa (21:30), Lill – PSJ (23:45), Real Sosedad – BARSeLONA (22 avgustga ötar keçasi, 01:00)
22 avgust. ROMA – Kremoneze (21:30), Sampdoriya – YuVeNTUS (23:45).