2019 yilning 11 dekabr kuni Rim şahrida bölib turgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Italiya Respublikasi boş vazirining diplomatik maslahatçisi, elçi Petro Benassi bilan uçraşdi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, suhbat çoğida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsion sohalar muhokama qilindi.

Bölajak Özbekiston-Italiya sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almaşildi, uning mazmunli qismi va şartnomalar loyihalari batafsil körib çiqildi, deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, Abdulaziz Komilov Vatikan vakili bilan uçraşgani xabar qilingandi.