Bugun, 2019 yil 12 dekabr kuni, Rossiyaning bir neça şahrida 22 dekabr kuni bölib ötadigan Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi sayloviga muddatidan oldin ovoz beriş jarayoni boşlandi.

Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, birinçi bölib ovoz berişga Janubiy Ural davlat universitetida tahsil oladigan Özbekiston fuqarolari keldi.

Özbekistonning Vladivostok (Rossiya) şahridagi boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, Amur oblasti Svobodni tumani «Renaissance Heavy Industries» kompaniyasining vaqtinça vaxta şaharçasida mahalliy vaqt bilan soat 12:00da 600dan ortiq Özbekiston fuqarolari öz saylov huquqlaridan foydalandi.

Özbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga köra, Boş konsulxona huzurida 14-saylov uçastkasi tuzilib, u Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari saylovini ötkazuvçi 144-Dömbirobod saylov okrugiga biriktirildi.

Muddatidan oldin ovoz beriş jarayoni 18 dekabr soat 18:00ga qadar ötkaziladi.