Toshkent shahar 2020 yilgi mahalliy budjeti tasdiqlanadi. Tegishli hujjat loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga asosan 2020 yilda:

a) Quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar shahar budjeti hamda tumanlar budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi:

yakuniy iste'molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;

aylanmadan soliq;

ayrim tovarlarning chakana savdosiga beriladigan huquq uchun undiriladigan yig‘imlar;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

b) Shahar budjetiga quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lig‘icha o‘tkaziladi:

elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat bojlari (patent boji va litsenziya berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);

qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulk, mahalliy hokimliklar aktivlari bo‘yicha davlat unitar korxonalari sof foydasidan ajratmalar va dividendlar;

qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat aktivlarini ijaraga berish va xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar;

xarid qilganlik uchun ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida avtotransport egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘im;

Shu bilan birga, qonunga muvofiq shahar mahalliy budjetiga ajratma qilingan 5 foiz miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soliqlari to‘liq shahar budjetiga taqsimlanishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

v) Quyidagi soliq turlari tumanlar budjetiga to‘liqligicha o‘tkazib beriladi: