Rossiyaning Yaroslavl oblasti Ribinsk tumanidagi «Yaroslavskiy broyler» parrandaçilik fabrikasida özbekistonlik işçilar ğalayon kötardi. Korxona xodimlari bu oxir-oqibat nimaga olib kelganini aytib berişdi, deb yozmoqda 76.ru.
- Ular uzoq vaqtdan beri yomon iş şaroiti va maoş kamligidan şikoyat qilib kelişgan, - deydi «Yaroslavskiy broyler» işçilari. - Kuni keça iş haqi berildi, u işçilarni qoniqtirmadi, sababi ozgina tölaşgan. Ularning sözlariga köra, odatdagidan ham kamroq. Boşliqning yoniga kelib talab qilişdi, javob esa bunday böldi: yoqmasa - ketaveringlar.
Işçilar bunga sabr qilişni xohlaşmadi va boşliğining sözlariga quloq solişgan - işlab çiqarişga emas, balki ketişga qaror qilişdi.
- Özlariga ikkita avtobus buyurtma qilişdi va ketib qolişdi, - deya davom etadi korxona işçilari. - Işlab çiqariş töxtab qolmasligi uçun, dam oliş kuni bölganlar zudlik bilan zavodga çaqirildi. Hatto rahbarlar ham oddiy işçilar sifatida işga çiqdi.
Bunday rejimda işlaş heç kimga yoqmagan. Zavoddagilar işçilarni zudlik bilan qaytariş kerakligi haqidagi qarorga kelişgan. Ularni ta'qib etiş boşlangan.
- Taxminan soat 07:30larda Tutayev-Yaroslavl yölida yöl harakati xodimlari MDH mamlakatlaridan biridan kelgan migrantlar bölgan ikkita avtobusni töxtatdi, - deb xabar berdi Rossiya Içki işlar vazirligining Yaroslavl oblasti böyiça boşqarmasi. - Xodimlar «PAZ» rusumli avtobuslarning texnik holati va yölovçilarning hujjatlarini tekşirişdi. Heç qanday qoidabuzarlik aniqlanmadi.
Inspektorlar özbekistonliklarni qöyib yuborişgan. Ammo zavod rahbariyati çet ellik işçilarni ortga qaytardi. Qanday qilib özbekistonliklar ortga qaytişga köndirilgani noma'lum, sababi korxona rasmiy izoh berişdan boş tortmoqda. Ammo işçilar bugun yana işga çiqişgan.
- Aytişlariça, ularga yetişmayotgan pullari qöşimça tarzda tölangan va endi iş haqi bilan aldamaslikka va'da berişgan, - deya xabar qildi zavod işçilari.
Zavodda sodir bölgan voqeadan söng ma'lum bölişiça, «Yaroslavskiy broyler»dan qoçib ketgan işçilar qonuniy ravişda işlagan. Yaqin atrofda ular yaşaydigan barak ham mavjud.

















