Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni Yaponiyaning Nagoya şahri meri Takasi Kavamurani qabul qildi.
Davlat rahbari Özbekiston va Yaponiya örtasidagi döstlik va strategik şeriklik munosabatlari izçil rivojlanayotgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdi. Bugungi uçraşuv Özbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga rasmiy taşrifi arafasida ötayotgani ta'kidlandi.
Nagoya şahri Yaponiyaning eng yirik sanoat va ilmiy markazlaridan biri bölib, u bilan hamkorlik turli özaro manfaatli dastur va loyihalarni amalga oşiriş uçun keng istiqbollarni oçadi.

Ta'lim va kadrlar tayyorlaş sohasidagi şeriklik, jumladan, 2010 yilda Toşkentda oçilgan Nagoya universiteti vakolatxonasi kömagida rivojlanib borayotgani yuksak baholandi.
Uçraşuvda avtomobilsozlik, şaharsozlik, töqimaçilik, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm va boşqa yönalişlarda yaqin işbilarmonlik aloqalarini yölga qöyiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Toşkent va Nagoya şaharlari örtasida imzolanişi kutilayotgan hamkorlik töğrisidagi bitim, şuningdek, poytaxtda Yuqori texnologiyalar parkini taşkil etiş loyihasini amalga oşiriş, şubhasiz, uzoq muddatli va özaro manfaatli şeriklikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi ta'kidlandi.
Nagoya Özbekiston va Yaponiya örtasidagi hamkorlik uçun köprik bölişiga işonç bildirildi.

Istiqbolli dastur va loyihalarni amalga oşirişni ilgari suriş maqsadida «yöl xaritasi»ni işlab çiqişga kelişib olindi.












