“Şu kunlarda respublikamiz hududida ob-havo özgarib, yoğingarçiliklar kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda esa qalin tuman tuşişi oqibatida avtomobil yöllarida köriniş çeklanmoqda. Bu esa yöl harakati qatnaşçilari uçun bir qator noqulayliklarni keltirib çiqarişi, yöl-transport hodisalari sodir etilişiga sabab bölişi mumkin.
Biz barça haydovçilardan transport vositasini boşqariş paytida murakkab ob-havo şaroitini, ayniqsa tuman tuşganligini hisobga olişlarini, zarurat bölmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni, ayniqsa tezlik talablariga qat'iy amal qilişlarini, piyodalardan yölni kesib ötişda öta huşyor bölişlarini, kattalardan yöllarda bolalarning harakatini nazoratga olişlarini söraymiz”, deyiladi unda.
Eslatib ötamiz, 12 dekabr kuni Namangan va Farğona aeroportlaridagi noqulay ob-havo şaroiti (kuçli tuman) sababli bu şaharlarga parvoz qilgan qator samolyotlar Toşkent xalqaro aeroportiga qönişga majbur bölgani xabar qilingandi.
Ob-havo ma'lumotiga köra, 13 dekabr kuni ham respublikaning ayrim joylarida yoğingarçilik bölişi va tuman tuşişi kutilmoqda.









