Davlat xizmatlari markazlari 2020 yilda Özbekistonning barça oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş istagidagi abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilişga tayyor. Bu haqda DXA direktori Xalilillo Töraxöjayev 12 dekabr kuni AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Qança oliy ta'lim muassasasiga hujjat qabul qilişga ruxsat berilsa, şunçasini qilamiz. Bu bizga boğliqmas. Lekin salohiyatimiz barça oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilişga yetadi.
Kerak bölsa, tun-u kun işlaş rejimiga ötamiz. Qabul mavsumida, ya'ni talab odatdagidan bir neça barobar ortib ketganda özimiz istagança xodimlarni işga oliş huquqiga egamiz, şu masalani özimiz hal qilişimiz böyiça Moliya vazirligiga taqdimnoma kiritdik. Ya'ni ştatlarimizni egiluvçan qiliş, zaruratga qarab özimiz özgartiriş kiritişimizga, masalan, may-iyun oylarida qöşimça 300 nafar odamni işga olişga ruxsat berilişini söraganmiz. Öşa paytga borib Moliya vazirligidan ruxsat sörasam, bizga ruxsat berilgunça imtihon ham tugaydi», deya Xalilillo Töraxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda ta'kidlanişiça, 2019 yilgi qabul jarayonida davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topşirgan abituriyentlar bilan muammolar kuzatilmagan, bu hukumat darajasida ham e'tirof etilgan.
«2019 yili hamma oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari orqali topşiriş haqida hukumatga taklif kiritdik. Lekin bizni töla qöllab-quvvatlaşmadi. Faqat beşta universitetga abituriyentlardan hujjatlar markazlarimiz orqali qabul qilinişiga ruxsat berildi. Natijada abituriyentlardan hujjatlarni qabul qiliş jarayonida ajiotaj kuzatildi, oliy ta'lim muassasalarining qabul komissiyalari hujjatlarni elektron qabul qiliş böyiça tajribaga ega bölişmagani uçun qiyinçiliklarga duç kelişdi. Vaholanki, şu iş bizga berilganda bunday bölmasdi deb öylayman, çunki bu borada ança-munça tajribamiz bor.
Fikrimni davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topşirgan abituriyentlar bilan heç qanday muammo yuzaga kelmagani ham tasdiqlaydi. Şaxsan menga bu böyiça birorta ham murojaat kelib tuşgani yöq. Ötgan yili qabul jarayonida şov-şuv kötarilganda bu masala Vazirlar Mahkamasida ham, Prezident administratsiyasida ham körib çiqilgan, öşanda qaysi institutlarni deb odamlar qiynalayotgani oçiqça aytilgan, ammo bizga nisbatan heç qanday e'tiroz bölmagan», deydi Xalilullo Töraxöjayev.
Tadbirda ötgan yili beşta universitetga öqişga kirmoqçi bölgan abituriyentlar hujjatlarni qabul qiliş muvaffaqiyatli keçgani uçun joriy yilda Özbekistondagi barça oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarni davlat xizmatlari markazlar orqali topşiriş masalasi körib çiqilayotgani ma'lum qilindi. Davlat xizmatlari agentligi mutasaddilarining aytişiça, hozirça bu borada yakuniy qarorga kelingani yöq.












