Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek, Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali milliy haydovçilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasiga almaştiriş yölga qöyildi. Bu haqda DXA Toşkent şahar boşqarmasi ma'lum qildi.
Endilikda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga haydovçilik guvohnomalarini yangisiga almaştiriş uçun dam oliş kunlari (şanba va yakşanba) soat 9:00 dan 15:00 gaça murojaat qilişlari mumkin.
Hozirda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek, Mirobod, Uçtepa, Şayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Çilonzor, Yaşnobod, Yakkasaroy hamda Sergeli tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari orqali eski haydovçilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasiga almaştiriş mumkin.
Hukumat qaroriga köra, avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomalar 2022 yil 1 yanvardan boşlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.










