Yoşligimda buvimdan eşitgan ertaklarim bir xil boşlanib, bir xil tugardi: bir bor ekan, bir yöq ekan, degan sözlar bilan. Töğri-da, ertak doim ham bölaveradigan hodisa emasku, bir bor bölişi kerak, keyin yöq bölişi öta muhim, ertakligi qoladimi zotan?!

Ertak “çöpon yigitning şoh qiziga uylanişi va ular baxtu saodatda yaşaşi” bilan xotima topardi. Şu gapni eşitib, köp öylanardim. Şu yerigaça, şunça voqeada qatnaşgan odamlar nahotki buyoğiga oddiy, faqat saodatli davrlarga rozi bölib ketişsa deb. Işonolmasdim.

Katta bölib filmlarga qiziqdim. Qiziği, filmlar ham öşa xulosani öz içiga olgan edi. Bir yarim soat içida sizni minglab hodisalarga taklif etgan qahramonlar maqsadlariga yetişgaç, ertaklardagidek baxtli-saodatli hayotga rozi bölib, bizni taşlab ketişardi. Ğalati, davomi qanaqa? Nahotki, ölim bilan yuzma yuz bölib, ne-ne sinoatlarni boşdan keçirgan qahramonlar umrining oxirigaça boşqalar kabi bir xil yaşaşga könsalar? Yöğye, bölişi mumkin emas.

Xullas, men ana şu ertaklar va filmlarning davomini hozirgi kunlarda körayotgandekman. "Lester" ertagi misolida. Jamoa çempion bölib, tarix sahifalarida qolib ketadi, deb öylaşgandi. Aniqroği, heç kimga qiziği yöq davom bilan “öz orzulari bilan baxtli-saodatli bölib ketişlari” kutilgandi. Çöpon yigitning şoh qizi bilan davom etajak hayotini köriş baxtiga muyassar böldik. "Lester" saroyda çöponlik xarakteri bilan qanday yaşarkan degan savollarga joriy mavsum javob berilayotgandek.

Va qiziği, bu ertakning boş qahramoni butun film davomida bizni aldab kelgan ekan. Köpçilik Raneri deb öylagandi. Yöq, yöq, italiyalik murabbiy öşa ertakning boşlanğiç qismida iştirok etib ketgan personajlardan biri ekan. Ma'lum böldi. Lekin uning aynan şu maskanda kerakli paytda paydo bölgani muhim voqeliklardan biri edi. Asosiy qahramon – Jyeymi Vardi. Ha, ha, angliyalik hujumçining jami harakatlari, bosib ötgan hayot yöli, jamoasidagi mavqei – uning bu ertakda boş qahramon bölişiga kifoya qiladi.

Vardining öyiniga qarab turib, hayron bölaman. Tezlik zör, gol seziş qobiliyati hamişa kuçli bölgan, töp bilan oddiy holda ham, tez ketayotgan paytda ham bir xil muomala qiladi. Zarbasi hujumçilar uçun mukammal darajada aniq. Şu paytgaça u qayerda edi degan savolga javob oddiy: boş qahramonning ötin terib yurgan paytlari hikoya qilinmay, saroy a'yonlari huzuriga şaşt bilan kirib kelgani bilan eslaniş boşlanadi.

Vardi şu boisdan ham, kuçli jamoalar bilan kuçsiz jamoalarni farqlamaydi: "Lester"dagi ilk golini "Man Yunayted"ga urgani, dastlabki xet-trigini "Man Siti"ga yöllagani, milliy jamoadagi ilk golini Germaniyaga, dastlabki rasmiy golini Niderlandiya posboniga yöllagani – Vardi uçun umuman qiziq emas. U öşa jamoalar bilan "Stok Siti"ni unçaligam farqlolmaydi.

Mana şunday qobiliyati bilan u jahon futboliga 27-28 yoşlarida kirib keldi. Ertaklardagi hodisaning özi. Ungaça köp eşitgansiz - zavodda işlagani, futbol faoliyatini sakkizinçi divizondan boşlagani, uç marta yaşil maydonni tark etgani, yomon xulqi uçun qöliga bir neça bor kişan taqqani, neça marta yölidan çiqib qolganida murabbiylar uni yana futbolga qaytargani... Bu voqealar XXI asrdagi Angliyada sodir bölmoqda, azizlar!

Vardi zamonaviy Britaniya yulduzlar yölidan emas, ğirt ertaklar olamidan kelganiga ham şu hodislar dalil. U futbol odami emas.

"Lester"dan juda köpçilik ketib qoldi. Mahrez çempionlik ta'mini totiş uçun Mançesterga yöl oldi, Kante poytaxtga. Boşqa yigitlar ham soçilib ketişdi. Göyoki "Lester" ertagi öz iştirokçilarisiz ötmiş qa'riga singib ketadigandek edi. Yöq, yöq, boş qahramon agar Qirol Lir asos solgan şaharda yaşar ekan, ertak davom etayotganini köryapmiz.

Unga imkon beruvçi Raneri, pas uzatuvçi Mahrez, markazni egallovçi Kante vaqti kelib nomlarini almaştirganini köryapmiz. Ularning örni bosilar ekan, guvoh bölyapmiz: ertaklar izlovçi Brendan Rojyers italiyalik mutaxassisdan-da köproq imkoniyatlar ulaşmoqda Vardiga. Angliyalik yoş Meddison jazoirlik yulduzdan qolişmayapti. Har golda qatnaşmoqda. Nigeriyalik Ndidini uzoqdan kuzatsangiz, Kante deb öylaysiz. Xullas, Galiley aytganidek, yer aylanaveradi. Hamma Vardi uçun xizmatga kelaveradi.

Bilasizmi nega? Çunki bu bola "Lester"ning pastki divizionda yurgan paytlaridanoq uşbu klubda. Öz baxtini izlay-izlay yetib kelgan oxirgi bekatida. Bu bekatdan u heç qayerga ketmasligini e'lon qilgandayoq jamoa qahramoni bölişga da'vogar bölgandi. Rojyersning aytişiça, Vardi "Lester"ning Messisi. Men biroz e'tiroz bildirgan bölardim, Messi Kataloniya xalqi uçun yangi davr qahramoni, Vardi esa "Lester" şaharçasining barça zamonlari qahramoni. Katta ehtimol bilan yagona qahramoni.

Vardi doim qölini boğlab olgan holda öynaydi. Şunga majbur. Suyaklarini birlaştirib turadigan bint unga ötmişini eslatib turadigandek. Ertaklardagi boy çoriğini uyiga kirişda osib qöygandek, Jyeymi mudom qöliga qarasa, öşa alamli va oğriqlik moziy oqib kelaveradi. Futboldan bezib ketib qolgan damlari, zavodda qaro terga botib işlaganlari, böyining kiçikligi uçun avval “Leypsig”, keyin “Arsenal” olmaganini kulib eslasa kerak.

Vardi şu qadar aqlliki, terma jamoada ham uzoq vaqt qolmadi. Hozirgi öyini bilan bemalol Angliyaning boş jamoasiga yordami tegsa-da, negadir u yerda özini baxtli his etmadi. Bilasizmi, nega? U yerda zodagonlar köp, korçalonlar kelişadi poytaxtu Mançesterdan oqib. Vardi esa, öziga öxşagan yigitlar bilan, öziga öxşagan baxt izlab çarçamayotgan murabbiy bilan xotirjam.

"Lester" ayni paytda 15-turdan söng 38 oçko jamğargan. Çempion bölgan mavsumida xuddi şu pallada 35 oçko egasi bölgan. Agar "Liverpul" qoyasi bölmaganida kiçik şahar yigitlari çempionlik mavsumidan-da yaxşiroq natija körsatişayotganini hamma payqardi. Biroq, "Lester"ning xususiyati ham Vardiga öxşaşki, u yuqorisida Klopp, pastida Gvardiola jamoasi ketayotganiga ham e'tibor qaratmayapti. Öz yölida heç kimga e'tibor bermay davomlidir. Vardiga öxşamaydimi xarakteri?!

Bu ertak toki Vardi "Lester" libosini yeçib, butsasini mixga ilmagunça davom etadi. Yonida bir döst kifoya qiladi – Kasper Şmeyxel... Saroy tartibini kimdir tuşuntirib turişi kerak-ku unga!)

Xayrulla Hamidov