“Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, tadbirkorlik sub'yektlarini tugatiş tartibi takomillaştirilişi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga tegişli özgartişlar kiritildi.

Jumladan, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan özgartişga köra, yuridik şaxs moliya-xöjalik faoliyati amalga oşirilmaganligi sababli harakatsiz rejimga ötkazilgan paytdan boşlab 3 yil içida faoliyat tiklanmagan taqdirda röyxatdan ötkazuvçi organning qaroriga köra tugatilişi mumkin (NNTlar bundan mustasno).

Amalda 6 oy mobaynida (savdo va savdo-vositaçilik korxonasi esa –– 3 oy mobaynida) moliya-xöjalik faoliyati amalga oşirilmagan va (yoki) davlat röyxatidan ötkazilgan paytdan boşlab 1 yil içida ustav fondi şakllantirilmaganda sudning qaroriga muvofiq tugatiladi.

Şuningdek, yuridik şaxs bölgan tadbirkorlik sub'yektini ixtiyoriy ravişda tugatiş töğrisidagi e'lon röyxatdan ötkazuvçi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylaştiriladi.

Amalda Kodeksda uşbu talab nazarda tutilmagan.

Uşbu qonun 2020 yil 1 yanvardan e'tiboran kuçga kiradi.