Mirali Ğiyosov – Toşkent Davlat özbek tili va adabiyoti universiteti filologiya fakulteti 2-bosqiç talabasi. Ayni paytda 20 yoşda.

Uni universitetda hamma taniydi, öqituvçilarning, talabalarning kompyuterlarida biror muammo paydo bölsa, tezda Miralidan yordam söraşadi. Kitobxonlik tadbirlariga birinçilardan bölib taklif qilişadi. Bir söz bilan aytganda, u ikki tomonlama iqtidorli.

«Har bir odam bir işni boşlaşdan oldin uni eplay olişiga, natija çiqarişiga aniq işonç hosil qilişi kerak. Men ham bakalavr yönalişini tanlayotganimda qiziqişim şu sohaga ekaniga va bu orqali adabiyotimiz uçun kiçik bölsa-da, foydam tegişiga işonganman», - deydi Mirali Ğiyosov özi haqida hikoya qila turib.

«Kitob öqiyman», - deyiş urf bölgan... »

«Hozirgi paytda «Böş vaqtingizda nima bilan band bölasiz?» degan savolga «Kitob öqiyman», deya javob beriş urf bölib qolgan. Lekin men uçun kitoblarning çinakamiga katta ahamiyati bor.

Dadam ona tili va adabiyot öqituvçisi bölgani uçun oilamizda kitobga alohida urğu berilgan.

Men audiokitoblar eşitib, ular orqali bilim olib oliy ta'lim muassasasiga kirişga muvaffaq böldim», - deydi Mirali.

«Kompyuter mening qölim, oyoğim...»

Uning ta'kidlaşiça, bolaligidan kompyuterga qiziqişi yuqoriligi tufayli texnikadan foydalanişni yaxşi özlaştirgan.

«Kompyuter mening qölim-oyoğim. Agar hayotimdan kompyuter olib taşlansa, juda köp işlarim qiyinlaşib ketadi. Darslar davomida yozişim, öqişim şu qurilma bilan boğliq.