Turkiya AQŞga Anqaraga Patriot raketaga qarşi mudofaa tizimini sotiş taklifi bilan çiqdi, deb ma'lum qildi Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu.

"Turkiya AQŞ hali ham bizning ittifoqçimiz ekanligiga va biz ham avvalgidek uning ittifoqçisi bölib qolganimizga işonadi. Rossiya bilan S-400 sotib oliş böyiça kelişuvimizni heç kim bekor qilolmaydi. Rossiyaning taklifi foydaliroq edi va biz buni qabul qildik. Hozirda AQŞdan Patriot tizimini sotib olişga tayyormiz, ularning javobini kutyapmiz", - dedi Çovuşöğlu.

U S-400 yetkazib berilgani uçun AQŞ tomonidan sanksiya qabul qilingudek bölsa, Turkiya bunga javob qaytarişga majbur bölişini aytdi.

Avvalroq Çovuşöğlu Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olgani uçun AQŞ sanksiya joriy etadigan bölsa, Turkiya amerikalik harbiylar uçun özining Injirlik aviabazasini yopiş imkoniyatini körib çiqişga tayyorligini aytgandi.