Turkiyada Özbekiston fuqarolari Oliy Majlis qonunçilik palatasi saylovida muddatidan oldin ovoz berişni boşladi. Bu haqda Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi xabar bermoqda.

Saylov komissiyasi tomonidan Özbekiston fuqarolari ziç yaşaydigan Turkiyaning turli hududlarida sayyor saylov jarayoni ham taşkil etildi. Ilk manzil köp sonli özbekistonlik talabalar yaşaydigan Karabuk şahri böldi. 14 dekabr kuni ertalab soat 8:00 da (Toşkent vaqti bilan soat 10:00) Karabuk universiteti ijtimoiy-ma'naviy tadbirlar markazida Özbekiston madhiyasi yangrab, 3-saylov uçastkasining sayyor saylovi oçildi.

Saylov ötkazilgan xonada davlat ramzlari örnatilgan hamda yaşirin ovoz beriş uçun zarur şaroitlar yaratilgan. Fuqarolarimiz deputatlikka nomzodlarning tarjimai hollari hamda dasturlari bilan tanişib, özlari ma'qul deb topgan nomzodga ovoz berdilar. Saylov bayramona ruhda taşkil etilib, saylovçilarga milliy özbekça palov tortiq etildi.

Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga köra, Turkiya hududida 2 ta – Anqaradagi elçixona va Istanbuldagi boş konsulxonada saylov uçastkalari tuzilib, Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari saylovini ötkazuvçi 148-Şayxontoxur saylov okrugiga biriktirildi.

Elçixona ma'lumotiga köra, bugun Karabuk şahrida bölgani kabi 15 dekabrda Kastamonu, 17 dekabrda Kunya hamda 18 dekabrda Karaman viloyatlarida ham sayyor saylovlar ötkazilişi rejalaştirilgan.