Time jurnali sönggi ön yillikdagi eng közga köringan qurilmalar röyxatini tuzdi. Uşbu reyting texnologiya sohasiga eng katta ta'sir körsatgan va kundalik hayotimizni özgartirgan gadjetlarni öz içiga oladi.

Birinçi örin 2010 yil iPad planşetiga berildi, naşrning ta'kidlaşiça, u şaxsiy kompyuterlar sohasida madaniy siljişlarga olib keldi va keyingi ön yillik portativ qurilmalargi yönaliş vazifasini ötadi. 

Ikkinçi örinni butun avtomobilsozlik sanoati rivojlaniş yölini asta-sekin özgartirgan Tesla Model S (2012) elektr avtomobili egalladi. U öz raqobatçilarini batareyali kelajakni qabul qilişiga majbur qildi va elektr maşinalar şiddatkor böla olişini isbotladi.

Uçinçi qatorda Raspberry Pi (2012) bir platali kompyuteri qayd etilgan. Raspberry Pi «Özing uddala» yangi yorqin ekotizimi uçun asosga aylandi. Uşbu mitti kompyuter negizida meteostansiyalar, retro konsollar, aqlli dinamiklar, bulutli serverlar va boşqalar yaratilgan. 

Time versiyasi böyiça eng yaxşi 10ta gadjet quyidagiça:
1. iPad (2010)
2. Tesla Model S (2012)
3. Raspberry Pi (2012)
4. Google Chromecast (2013)
5. DJI Phantom (2013)
6. Amazon Echo (2014)
7. Apple Watch (2015)
8. Apple AirPods (2016)
9. Nintendo Switch (2017)
10. Xbox Adaptive Controller (2018)