Filippinning Davao şahri yaqinida 6,8 magnitudali kuçli zilzila yuz berdi. Zilzila oqibatida bir bola halok bölgan, yana bir neça kişi jarohat olgan. Şuningdek, köplab binolarga şikast yetgan.  

Qidiruv-qutqaruv jamoasi a'zolari vayronalar ostidan odamlarni izlaşmoqda.

Ta'kidlanişiça, sunami paydo bölişi xavfi yöq. 

Filippinda oktyabrning özida ikkita kuçli zilzila yuz berib, uning oqibatida 20 dan köproq odam halok bölgan, 400 odam jarohatlangan.

Filippin yuqori seysmik faollikka ega bölgan “Tinç okeani olov halqasi” deb ataluvçi hududda joylaşgan. Mamlakatda eng katta talofatga olib kelgan zilzila 1976 yilda yuz bergan. Öşanda tabiiy ofat 8 mingga yaqin odamning umriga zomin bölgan.