Gap şaharning hozirgi qozoqça nomlanişi - Almatidan sobiq ittifoq davridagi nomi – Alma-Ataga özgartirilişi haqida bormoqda.

Qozoğiston prezident Qosim Jömart-Töqayev şahar aholining fikri inobatga olinmagan holda qayta nomlanmasligiga va'da berdi. Prezident şu tariqa yozuvçi Öljas Suleymenovning şaharning qayta nomlanişi ğoyasini göyoki qöllab-quvvatlagani haqidagi sözlariga izoh berdi. 

Töqayevning aytişiça, ayni vaqtda şaharni rivojlantiriş böyiça dolzarbroq masalalarga e'tibor qaratiş lozim.

Olma-ota ma'muriyatida ham şahar nomini özgartiriş masalasi kun tartibida yöqligi aytilgan. Ayni vaqtda şaharni 2050 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi ustida faol iş olib borilmoqda.

Avvalroq Suleymenov uning Olmaotaga tarixiy nomi qaytarilişi ğoyasini Töqayev qöllab-quvvatlaganini ma'lum qilgan. 

“Prezident Töqayev bilan uçraşganimda biz bu masalani muhokama qildik va u uşbu taşabbusni qöllab-quvvatladi. Biroq buni xalqning özi hal qilişi kerakligini aytdi. Meni şahar hokimi Baqitjon Sağintayev ham qöllab-quvvatladi”, deb aytgan yozuvçi.

Qozoğistonda Janubiy poytaxtga Alma-ata nomi qaytarilişi masalasi bot-bot kötarilib turadi. Şaharning qayta nomlanişi tarafdorlari “Alma-ata” nomida olmaning aport turi vujudga kelgan Olmaotaning öziga xosligi körinib turişini ta'kidlaşadi.   

Şaharga avvalgi nomining qaytarilişiga qarşi çiquvçilar esa har qanday qayta nomlaş öz ortidan budjet mablağlaridan qöşimça xarajatlarga olib kelişini ta'kidlaşadi. Şu sababli ular şaharning nomini özgartirmaslik kerak, deb hisoblaşadi.