Hukumat qarori bilan tovarlarning kelib çiqişini sertifikatlaşni ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, tovarlarni kelib çiqişini sertifikatlaş bu – Özbekistondan eksport va reeksport qilinayotgan tovarning kelib çiqişi töğrisidagi sertifikatni beriş, guvohlantiriş orqali uning kelib çiqiş mamlakatini aniqlaş maqsadida ekspertiza ötkaziş jarayonidir.
Sertifikat Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi yoki u tomonidan vakolat berilgan organ tomonidan beriladi.
Şuningdek, eksport qiluvçi/ariza beruvçining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikat Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham berilişi mumkin.
Ekspertizani ötkaziş va sertifikatni rasmiylaştiriş xarajatlarini ariza beruvçi tölaydi.
Tölov miqdori xizmat turiga qarab 1 sertifikat (ekspertiza dalolatnomasi/ekspert xulosasi) uçun ariza beruvçi murojaat qilgan kundagi BHMga nisbatan 0,2 dan 1,9 gaça etib belgilandi.











