Fransiyada pensiya islohotiga qarşi 12 kundan beri davom etayotgan iş taşlaş oqibatida Parijning Il-de-Frans regionidagi yöllarda 600 kmdan uzunroq tirbandliklar yuzaga keldi.
Mahalliy OAVning xabar berişiça, 16 dekabr ertalabga kelib yöllardagi tirbandlik 630 kmgaça yetgan.
Fransiyada hukumat tomonidan e'lon qilingan pensiya islohotiga qarşi 5 dekabrdan boşlab umummilliy iş taşlaşlar davom etmoqda. Bu islohot natijasida ba'zi fransuzlar, jumladan transport sohasi işçilari pensiyaga çiqişdagi bir qator imtiyozlar va maxsus tartiblardan mahrum bölişlari mumkin.
Hokimiyat tanqidlarga islohot oz miqdordagi pensiyaga ega aholi qatlamlarini himoyalaşga qaratilgani bilan javob qilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Yelisey saroyi iş taşlaşlar ortida islohotlarni bekor qilişga qaror qildi. Şundan keyin islohot kuratori Jan-Pol Delevua iste'foga çiqqan.












