Bloger Şahnoza Soatova «Saylov: bizning fikrimiz kimga qiziq?» sarlavhali maqolasida saylovoldi tarğiboti vaqtida jamiyatda jamoatçilik fikriga e'tibor qay ahvoldaligi yuzasidan mulohazalarini bayon etdi.

Bugun saylov ötkazilsa, qaysi partiya ğolib bölar edi? U yoki bu partiyaning reytingi qanday (bormi özi)? Bu reytingga nima ta'sir qiladi? Partiyalar özlari va raqiblari haqida jamoatçilik fikrini biladilarmi? Umuman, ular saylovoldi kampaniyasini nimaga asoslanib va kim uçun olib boradilar?

Bu savollarning bari demokratiyaning muhim instrumentlaridan bölgan jamoatçilik fikri va uni örganiş masalasiga borib taqaladi.

Jamoatçilik fikrini örganiş nima uçun kerak?

Maşhur sotsiolog Jorj Gallap jamoatçilik fikrini örganiş «demokratiyani haqqoniy va işonarli» qiladi, ya'ni asoslaydi degan edi. Şuningdek, u jamiyatning kayfiyati va qarorlariga bevosita ta'sir körsatadigan vositadir.

Esingizda bölsa, «Insider.uz« kanalining boş vazirlikka nomzodlardan qaysi biri yaxşi degan mazmundagi sörovnomasi ança şov-şuvga sabab bölgan edi.

Şundan söng Adliya vazirligi maxsus bayonot bilan çiqib, boş vazirni tayinlaş protseduralarini ham eslatdi va bunday noprofessional sörovnomalar ötkazmaslikka çaqirdi.

Bundan taşqari, maşhur blogerlarning kanallarida saylovga doir bir neçta sörovnomalarga közim tuşdi. Özim ham «Saylovda qatnaşasizmi?» deb öquvçilarimdan söradim. Albatta, bunday virtual sörovnomalarda köp odam iştirok etadi (masalan, «Insider.uz»ning sörovnomasini 143 ming odam körgan, 33 mingdan ortiq odam ovoz bergan).

Biroq telegramda sörovnomalar bilan qilinadigan spekulyatsiyalar köpligi uçun, ularning natijalarini jamoatçilik fikrining közgusi deb işonib bölmaydi.

Köçaga mikrofon kötarib çiqib yarim soatda 20 nafar ötkinçidan söraladigan savollar esa umuman muhokamamiz mavzusi böla olmaydi.