Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) milliy jamoalarning dekabr oyi reytingini e'lon qildi. 

Röyxatda Özbekiston milliy jamoasining ötgan ikki oyga nisbatan örni özgarmadi va 1289 oçko bilan 85-örinda qoldi. 

Osiyoda Vadim Abramov şogirdlari 12-poğonani egallab turibdi. Biz Yaponiya (28), Eron (33), Janubiy Koreya (40), Avstraliya (42), Qatar (55), Saudiya Arabistoni (67), Iroq (70), BAA (71), Xitoy (76), Suriya (79) va Ummon (82) milliy jamoalaridan keyingi örindamiz.

Jahon reytingini 1765 oçko bilan Belgiya milliy jamoasi boşqarib turibdi. Fransiya (1733) va Braziliya (1712) milliy jamoalari kuçli uçlikni yakunlab berişgan.

Top-50 milliy jamoalar reytingida bitta özgariş yuz berdi – Janubiy Koreya termasi 41-örindan 40-poğonaga kötarildi.

Top-10 milliy jamoalar reytingi:
1. Belgiya – 1765 oçko
2. Fransiya – 1733
3. Braziliya – 1712
4. Angliya – 1661
5. Urugvay – 1645
6. Xorvatiya – 1642
7. Portugaliya – 1639
8. Ispaniya – 1636
9. Argentina – 1623
10. Kolumbiya – 1622.