Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötdi.
«Özbekistonda keng kölamli özgarişlar şaroitida fuqarolik jamiyatining rivojlanişi» mavzusidagi tadbirda Prezident xalq qabulxonalari - hokimiyat va xalq örtasidagi muloqot vositasi ekani, jamoatçilik nazoratini amalga oşirişning huquqiy asoslari va mexanizmlari, OAV sohasidagi qonun hujjatlarini takomillaştiriş, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni aniqlaş va jamoatçilik nazoratini amalga oşirişda OAV roli, söz erkinligini ta'minlaş kafolati omili sifatida blogosferani rivojlantiriş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov tadbir davomida gazetalarning moliyaviy ahvoli haqida berilgan savol javob qaytardi.
«Bugungi kunda nega internet jurnalistika gazetalarga nisbatan rivojlanmoqda? Bu bugungi davr talabi, orqaga yöl yöq. Bugun gazetalar ham sekin-sekin bunga moslaşişga majbur, şart. Balki eşitilganda juda ham qöpol eşitilar, lekin hozir qattiq bir şunday jarayon ketyaptiki, gazeta jurnalistikasi internet jurnalistikasiga moslaşişi kerak. Bugun barça gazeta tahririyatlariga ham biz tavsiya beryapmizki, internetga ötişni sekin boşlaş kerak. Nega? Sababi, internetning auditoriyasi gazetaning auditoriyasiga qaraganda juda ham katta va har bir yozgan jurnalist öz materialini köproq odam öqişini, köproq tarqalişini xohlaydi.
Bundan taşqari, iqtisodiy ahvoli böyiça kuni keça prezident qarori çiqdi. Bu böyiça biz hozir takliflar berişimiz kerak, umuman, bosma OAVning iqtisodiy ahvolini yaxşilaş, ularning xodimlari oylik maoşini körib çiqiş masalasida. Lekin, men bu narsani qanday qiliş haqida öylayapman. Nega desangiz, davlat tomonidan moliyaviy qanday yordam bölişi mumkin. Uning uçun qandaydir jamğarmalar bölganida edi, u jamğarmalar ma'lum bir grantlar asosida qöllab-quvvatlasa. Bu narsa ham hozir körib çiqilmoqda, yangi fondlar joriy qilinyapti, ularning moliyaviy manbalari belgilanyapti. Davlat avval qanday yordam bergan? Xabaringiz bor, majburiy obuna qilib bergan. Majburiy obunaning hisobidangina gazetalar faoliyat yuritgan. Hozir endi unday bölişning iloji yöq. Faqatgina hozirgi davrga moslaşiş kerak, şundagina töğri faoliyat olib boriş mumkin», - dedi Komil Allamjonov.











