Namanganda Sirdaryo daryosiga çökkan yigitni izlaş jarayonida boşqa fuqaro jasadi topildi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2026 yil 26 iyul kuni tuşda 112 qisqa raqamiga murojaat kelib tuşgan. Unda Namangan şahrida yaşovçi 22 yoşli fuqaro Namangan tumani Şörqörğon mahallasi hududida Sirdaryo daryosiga tuşib ketgani xabar qilingan. 

Namangan viloyati FVB maxsus qutqaruv otryadining suvda qutqaruv guruhi ğavvoslari tomonidan qidiruv-qutqaruv işlari olib boşlangan. 27 iyul kuni boşqa bir fuqaroning jasadi daryodan topilgan. 

“Joriy mavsum davomida çömiliş taqiqlangan hududlarda çömiliş oqibatida bir neça fuqaro hayotdan köz yumgan. Hozirgi vaqtda ham çömiliş taqiqlangan joylarda çökib ketgan 2 nafardan ortiq fuqaroni qidiriş işlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Boşqarma ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz suvga tuşişiga yöl qöymaslikni söragan.

Avvalroq Jizzaxdagi sun’iy hovuzda uç nafar qiz çökib ketgandi.