18 dekabr kuni Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan yer öpirilişi oqibatida 6 nafar işçi halok böldi. Qurbonlarning har biri uçun ularning oilasiga 100 mln sömdan kompensatsiya tayinlangani haqida ma'lum qilindi.

Mazkur kompensatsiya mablağlari hodisa sabablari va oqibatlarini örganiş hamda bartaraf qiliş böyiça tuzilgan Hukumat komissiyasi topşiriğiga binoan ajratilgan va jabrlanganlarning yaqinlariga yetkazilgan.

Xöş, uşbu kompensatsiya tölovlari haqida qonun hujjatlarida biror narsa aytilganmi, u nimaga asosan tayinlandi, jabrlanganlarning yaqinlariga yana qanday tölovlar tölanişi lozim? Quyida şular haqida qisqaça töxtalamiz.

Ma'lumki, xodimlarning mehnat vazifalarini bajarişi bilan boğliq holda jarohatlanişi, kasb kasalliklariga çalinişi yoki vafot etişiga sabab bölgan baxsiz hodisalar maxsus tekşirişdan ötkazilişi lozim. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga köra, mulkçilik şaklidan qat'i nazar barça korxonalar, muassasalar, taşkilotlar hududida va uning taşqarisida mehnat vazifalarini bajarayotganda yuz bergan jarohatlaniş, zaharlaniş, portlaş, falokatlar, imoratlar, inşootlar va konstruksiyalar buzilişi, kuyiş, muzlaş, elektr toki va yaşin urişi, şuningdek tabiiy ofatlar (şu jumladan, öpirilişlar) tufayli salomatlikning boşqa xil şikastlanişlari bilan boğliq baxsiz hodisalar tekşiriladi va hisobga olinadi.

Uşbu nizom talabiga köra, beş va undan ziyod kişining ölimiga sabab bölgan baxsiz hodisalar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekşiriladi.

Maxsus tekşiriş komissiyasi 15 kun mobaynida baxsiz hodisani tekşirib çiqadi, korxonadagi mehnatni muhofaza qiliş ahvolini, agar zarur bölsa, tarmoqning boşqa korxonalarida ham tekşirişni taşkil etadi, maxsus tekşiriş dalolatnomasini tuzadi.

Komissiya a'zolari jabrlanuvçilar yoki ularning oila a'zolari bilan uçraşuvlar taşkil etadi, zarur bölsa tegişli organlarga takliflar kiritişadi yoki ijtimoiy tusdagi yordam masalalarini joyida hal qilişadi, jabrlanuvçiga yoki vafot etganning oila a'zolariga ularning huquqlarini tuşuntiradi.

Uşbu qoidadan kelib çiqib aytiş mumkinki, Yunusobod fojiasida jabrlanganlarning oila a'zolariga ajratilgan kompensatsiya tölovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va Hukumat komissiyasi tasdiqlagan miqdorlarda amalga oşirilgan.