Favqulodda vaziyat vazirligi Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat böyiça navbatdagi ma'lumotni taqdim etdi. Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda voqea joyida qidiruv-qutqaruv işlari yakunlangan.
«Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv işlari natijasida olti nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib çiqildi va ularning şaxsi aniqlandi. Qidiruv-qutqaruv işlari yakunlanib, Komissiya işining birinçi fazasi nihoyasiga yetdi.
Ayni paytda Komissiya tomonidan hodisa sabablari va oqibatlarini örganiş hamda bartaraf qiliş işlari jadal davom ettirilmoqda, mazkur holatning vujudga kelişiga sababçi bölgan va yöl qöygan mas'ul taşkilot va şaxslar aniqlanmoqda. Şuningdek, loyihani amalga oşiriş jarayonida şu va boşqa köngilsiz holatlar takrorlanişi oldini oliş yuzasidan zarur çora-tadbirlar işlab çiqilmoqda.
Baxsiz hodisa oqibatida halok bölganlar yaşaş manziliga yetkazildi. Pudratçi-quruvçi taşkilotlar tomonidan ularning oila a'zolari va yaqinlariga 100 million sömlik dastlabki tovon pullari tölab berildi. Şu bilan birga, amaldagi qonunçilikka asosan qöşimça kompensatsiya pullari tölab beriladi.
Ayni paytda viloyatlar hokimliklari va jamoatçilik vakillari marhumlarning oilasidan xabar olib, zarur yordam körsatmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan avvalroq «Özbekiston temir yöllari» marhumlarning yaqinlariga 100 million sömdan kompensatsiya ajratilgani haqida ma'lum qilgandi.
Holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi va 258-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












