«Toşkent metropoliteni Yunusobod yönalişining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan hodisa yuzasidan JKning 257 (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) va 258 (Toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov telegramdagi kanalida berilgan xabarda.
18 dekabr kuni taxminan soat 10:00da Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining yangi qurilayotgan qismida yer öpirilişi röy berib, işçilarni tuproq bosib qoldi. Sönggi ma'lumotlarga köra, uşbu fojia oqibatida halok bölganlar soni 6 nafarga yetgan.
UPD: Boş prokuratura ham uşbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
«2019 yil 18 dekabr kuni Toşkent şahri, Yunusobod tumani, Axmad Doniş köçasidagi «Mega Rlanet» savdo markazi qarama-qarşi tomonida «Toşkent metropoliteni quriliş direksiyasi» buyurtmasi asosida barpo etilayotgan «Yunusobod» bekati 2-vestibyul kuriliş obektining öng tomon handaq (katlovani) qiyalik devori (otkos)ga örnatilgan temir-beton mustahkamlaş konstruksiyasi yomğir suvlari sizişi va avtomobillar qatnovidan hosil bölgan tebraniş natijasida yer öpirilib, tuproq va temir-beton konstruksiyasi qulab tuşgan.
Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv işlari natijasida 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib çiqildi va ularning şaxsiga aniqlik kiritildi.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 18 dekabr kuni Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi va 258-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Jinoyat kodeksining 257-moddasiga muvofiq, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilişning boşqa qoidalarini şu qoidalarga rioya etilişi uçun mas'ul bölgan şaxs tomonidan buzilsa va odam ölişiga yoki boşqa oğir oqibatlarga sabab bölsa, aybdor muayyan huquqdan mahrum qilinib, 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.


















