Nagoya universiteti bitiruvçilari assotsiatsiyasi 2000 yilda taşkil etilgan va bugungi kunda 14ta mamlakatda uning filiallari taşkil etilgan. Bugungi kunda Toyota korporatsiyasining faxriy raisi Şoiçiro Toyoda uşbu assotsiatsiya prezidenti hisoblanadi.

Bitiruvçilar assotsiatsiyasi a'zolarining sönggi yiğilişida «Yuksaliş» umummilliy harakati raisi, Nagoya universiteti bitiruvçisi Akmal Burxanov Özbekiston filialiga rahbar etib saylandi.

«Yuksaliş» umummilliy harakati

Endilikda u bir vaqtning özida uşbu lavozimda ham faoliyat yuritadi.

Özbekiston filiali uşbu ta'lim dargohini bitirgan özbekistonlik talabalar, yoş olimlar hamda universitet örtasida kelgusi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş, şuningdek boşqa mamlakat bitiruvçilarini ham ilm-fan, qöşma tadqiqotlar ötkaziş, özaro tajriba almaşiş jarayonlariga faol jalb qilişga kömaklaşişga xizmat qiladi.

Nagoya universiteti dunyodagi yetakçi ta'lim muassasalaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Köplab Nobel mukofoti sovrindorlari va boşqa maşhur olimlar uşbu universitet bitiruvçilari hisoblanadi.

Ma'lumot uçun, bugungi kunga qadar 400 nafardan ortiq özbekistonlik talaba va tadqiqotçilar uşbu dargohda tahsil olib qaytişgan.