Kun.uz saytida avvalroq «Turli tekşiruvçilar uçun odamlar «soğin sigir»mi? Urgutdagi uç voqea» sarlavhasi ostidagi maqolada öz xizmatlarini ixtiyoriy tarzda taqdim etişi lozim bölgan turli korxona va taşkilotlarning Urgut tumanidagi aholiga öz xizmatini majburan tiqiştirayotgani va pul yiğayotganini yoritilgan edi.

Öşa voqealar yuzasidan Urgut tumanida suriştiruv ötkazib yurganimizda yana bir öxşaş voqeaga duç keldikki, bunisi endi xalq ta'biri bilan aytganda «kurakda ham turmaydi». Şu sababli voqeaga alohida töxtalişga qaror qildik.

Urgut tumanidagi «Qöyiguzar» MFYda «Elektr tarmoqlari va montaj» MÇJ xodimlarining majburiy pul undirib yurgani haqida suriştirib yurganimizda şu mahalla mas'uli «aytgança, bundan uç-tört kun oldin mana bular ham kelgan edi», deb bir qoğozni körsatdi.

Qoğozni körib hayron qoldik. Uning tepasiga «Davlat yonğin xavfsizligi» MÇJ deb yozib qöyilgan edi. «Davlat yonğin xavfsizligi» yoki «Yonğin xavfsizligi» deyilganda odamlarning xayoliga eng birinçi, avval IIV tarkibida, hozir esa FVV tarkibiga ötkazilgan Davlat Yonğin xavfsizligi xizmatining hududlardagi bölim yoki boşqarmalari keladi.

Darrov buni qanday röyxatdan ötkazişgan, degan öy keldi. Qoğozga qaralsa, bu MÇJ Farğona viloyatining Özbekiston tumani DXM tomonidan 2018 yil 21 dekabrda röyxatga olingan.

«Balki Urgut tuman Yonğin xavfsizligi bölimi»ning bu korxona faoliyatidan xabari bordir», degan öy bilan şu taşkilotga bordik.

Uning rahbari bizga Yonğin xavfsizligi bölimining bunday xususiy korxonalar faoliyatiga aralaşişga mutlaqo haqqi yöqligini bildirdi.

«Mana, keça şu korxona xizmat körsatgan mahallalardan birida yaşovçi bir otaxon «oğilim yonib ketdi, pulini qaçon tölaysizlar?» deb öziga berilgan şartnoma qoğozlarini olib keldi. Unga bu şartnomani bizning idora xodimlari bermaganini tuşuntirdik», dedi u.

Şartnomada manzili körsatilgan «Ğijduvon» MFYda yaşovçi fuqaroning xonadoniga ham bordik. Bir neça qöşni ham öşa yerda ekan. Ulardan uşbu MÇJ xodimlari nima deb kelgani haqida suriştirdik. Mahalla ahlining aytişiça, bu korxona xodimlarning bittasi Içki işlar organlari xodimlari kiyadigan dala formasiga öxşaş kamuflyaj formada, qolganlari ham maxsus kiyimlarda bölgan. Ular xonadonlarga kirib tabiiy ofatlar va yonğindan suğurta qilib yurişgani, umumiy tölov 48 ming söm bölişini aytişgan.