Bugun, 20 dekabr kuni Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezildi.

Foto: Earthquakes Tsunamis

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, yer qimirlashi Toshkent shahridan 524 kilometr janubda, soat 16:39da yuz bergan.

Zilzila magnitudasi 6,5, chuqurligi 202 kilometrni tashkil etgan.

Yer osti silkinishlari kuchi Surxondaryoda 4 ball, Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiyda 3 ball, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda 2 ballni tashkil etgan.