Vakillik organlariga saylovlar arafasidagi demokratik debatlarning sönggi soni bugun, 20 dekabr kuni bölib ötmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, muhokamalar vaqtida «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi vakili Alişer Qodirov 18 dekabr kuni Toşkent metrosining Yunusobod yöli qurilişida röy bergan fojia haqida ham eslab ötgan.

Siyosatçining fikriça, bu kabi hodisalarning röy berişiga sabab – parlamentning ijro hokimiyati oldida öz xarakterini körsata olmaganida.

«Parlament şu paytgaça ijro hokimiyati oldida özining jur'atli xarakterini körsatib kela olmagan. Aynan şu sababli keçagiga öxşagan musibatli holatlar bölyapti.

Agar parlament ijro hokimiyati oldiga masalalarni aniq-lönda qöya olganida edi, ijro hokimiyatida mas'uliyat va qonunçiligimizdagi hozirgiga öxşagan muammoli holatlar bölmagan bölar edi», – dedi Qodirov.

Partiya yetakçisining ta'kidiça, parlament bu safar jur'atli bölişi kerak.

«Parlament ijro hokimiyatida öz vakolatlari doirasida kerak bölsa vazirlarga işonçsizlik bildira olişi kerak.

Parlamentning oçiq faoliyat yuritişi uçun xalaqit beradigan ayrim mezonlar sababli deputatlar jur'atli faoliyat yurita olmagan, bu kamçiligimizni tan olyapmiz. Xalqimizning e'tirozi ham aynan şunda. Agar xalq işonç bildirgan har bir vakil jur'atli böla olsa, ijro hokimiyati, hokimlarning oldida tizzasi qaltiramasdan, öziga ovoz bergan xalqning işonçiga tayangan holda masalalarni keskin qöya olsa, bugungiga öxşagan juda köp muammolarni öz vaqtida bartaraf etiş imkoniyatiga ega bölamiz», – deb xulosa qildi u.

Bugungi vakolat yetarlimi, degan savolga Alişer Qodirov: «Albatta, yetarli», deya javob qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq ÖzLiDeP vakili Yunusoboddagi fojia uçun mutasaddilar xalqdan uzr söraşi kerakligini aytgan edi.