Hodisa yuzasidan dastlab Içki işlar vaziri örinbosari Doniyor Toşxöjayev Kun.uz saytiga izoh berdi. U köçkiga davomiy yomğir sabab bölgani, yomğir suvlari kotlovan oldida suv haydaş uçun qurilgan lotok va beton tösiq orasidagi tuproqni yumşatib yuborgani va yer öpirilib tunnelni bosib qolgani haqida aytdi.
Köp ötmay Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligi ham hodisa yuzasidan ma'lumot berdi. Avariya oqibatida 250 metr kub tuproq öpirilib tuşgandi.
Voqea joyida bölgan Kun.uz muxbiri avariya oqibatida kamida 5-6 kişi tuproq ostida qolib ketgani va ularning taqdiri noma'lumligiça qolayotgani haqida ma'lumot oldi. Hudud örab olingan, atrofdagi yöllarda harakat tösib qöyilgan, OAV vakillari voqea joyiga qöyilmayotgan edi.
Atrofdagi mahallalarda yaşovçilar voqea röy bergan vaqtda portlaşni eslatuvçi gumburlagan ovoz eşitilganini aytişdi.
«Soat 10ga yaqin edi. Qattiq ovoz eşitildi. Odamlar töplandi. Dastlab odamlar ustiga devor qulab tuşganini aytişdi. Nima bölganini aniq körmadik. Lekin judayam qörqinçli iş böldi. Portlaş böldi deb öyladik. Judayam qattiq ovoz eşitilgandi. Tez orada yöllarni yopib taşlaşdi. Davlatning barça xizmatlari yetib kelişdi», deydi şu hududda yaşovçi ayol.
Şu kunlarda davlat taşrifi bilan Yaponiyada bölib turgan prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriği bilan avariya oqibatlarini bartaraf etiş böyiça hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiyaga boş vazir örinbosari, transport vaziri Oçilboy Ramatov rais etib tayinlandi.
Komissiyaga sodir bölgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida örganiş, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etiş, jabrlanganlar va ularning oila a'zolariga yordam körsatiş hamda boşqa bir qator vazifalar yuklandi.
6 nafar qurbon
Kun davomida OAVda hodisa talafotlari töğrisida turli xabarlar tarqalib turdi, ayrim xabarlarda kamida 5 kişi halok bölgani ma'lum qilinsa, ayrim manbalar tuproq ostida 20 nafargaça işçi qolib ketgani haqida ham aytdi.
18 dekabr kuni yarim tungaça davom etgan qidiruv işlari davomida 5 işçining jasadi tuproq ostidan çiqarib olindi, 19 dekabr kunining birinçi yarmida yana bir jasad olib çiqildi va hodisa qurbonlarining soni 6 nafarni












