Erkaklar örtasidagi yakkalik bahslarida finalçilar ma’lum böldi. Ispaniyalik Rafael Nadal italiyalik Matteo Berrettini bilan bahsni tört setda öz foydasiga hal qildi: 6-3, 6-2, 3-6, 6-3.
Ayni damda dunyoning beşinçi raketkasi hisoblangan Nadal faoliyati davomida 29-marta «katta dubulğa» turnirlari finaliga çiqdi. U finallarning 20 tasida zafar quçgan. Australian Open'da Nadal oltinçi marta finalda öynaydi. Ispaniyalik tennisçi ularning bittasida ğalaba qozongan, tört marta yengilgan.
Ikkinçi finalçi rossiyalik dunyoning ikkinçi raketkasi Daniil Medvedev böldi. U yarimfinalda gretsiyalik Stefanos Tsitsipasni tört setda mağlub etdi: 7-6, 4-6, 6-4, 6-1.
Medvedev faoliyati davomida törtinçi marta «katta dubulğa» tasnifidagi musobaqa finaliga çiqdi. Bungaça rossiyalik tennisçi ikki marta US Open, bir marta Australian Open finalida öynagan. Ötgan yil Avstraliyadagi finalda Novak Jokoviçga yengilgan, AQŞ oçiq çempionatida esa aynan Jokoviç ustidan ğalaba qozongan.
Daniil Medvedev ötgan yil US Open finalida Novak Jokoviçga 21-marta «katta dubulğa» sovrinini qölga kiritişga yöl qöymagandi. Endi rossiyalik tennisçi yana bir afsonaviy tennisçi Nadalga 21-sovrinni yutişga xalaqit berişga urinib köradi. Hozirça Medvedev va Nadal örtasidagi özaro öyinlarda ustunlik ispaniyalik sportçi tomonida: 3-1.
Yilning ilk yirik musobaqasi Australian Open'ning bu yilgi sovrin jamğarmasi 54 million dollarni taşkil etadi. Ğolib 3,1 million dollar, finalçi 1,5 million dollar mukofotni qölga kiritadi. Avstraliya oçiq çempionatida ğalaba qozoniş böyiça rekordçi dunyoning birinçi raketkasi Novak Jokoviç hisoblanadi. Töqqizta finalda iştirok etgan serb ularning barçasida ğalaba qozongan.
Bu galgi bahslarda Jokoviç koronavirusga qarşi emlanmagani ortidan kelib çiqqan mojaro sabab iştirok eta olmayapti.













