Turnirga 2-tartib raqam ostida saralangan Daniil Medvedev hal qiluvçi bellaşuvda 6-raqamli raketka Rafael Nadal bilan bahs olib bordi. 

Dastlabki ikkita setda rossiyalik tennisçi 6:2, 7:6 hisoblarida ustun kelgandi. Biroq ispaniyalik 35 yoşli sportçi öziga xos xarakter namoyiş eta oldi. 3-4-setlarda Rafa bir xil — 6:4 hisobida ğalabaga erişdi. Sönggi setda esa Nadal 7:5 hisobida zafar quçib, yangi mavsumdagi dastlabki sovrinini yutdi. 

Bu Rafael uçun 21-katta titul böldi va u tennis tarixida Katta Dubulğa turkumiga kiruvçi turnirlarda eng köp ğolib bölgan sportçiga aylandi. 

Eslatib ötamiz, bungaça u birinçi örinni özi kabi 20tadan sovrin yutgan Rojyer Federer va Novak Jokoviç bilan bölişib turgandi.