Bugun, 23 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida 1999 yil 16 fevralda Toşkentda yuz bergan qöporuvçilik harakatlarida iştirok etgan sudlanuvçi J.Yu.ga hukm e’lon qilindi. Bu haqda Toşkent şahar sudi matbuot xizmati xabar berdi. 

Sudya B.Berdiyev tomonidan e’lon qilingan hukmga köra, J.Yu. Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm), 159-moddasi (konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiliş), 161-moddasi (qöporuvçilik), 164-moddasi (bosqinçilik), 223-moddasi (qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş), 242-moddasi (jinoiy uyuşma taşkil etiş) hamda 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuziş, ularga rahbarlik qiliş, ularda iştirok etiş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan hamda unga uzil-kesil ötaş uçun 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Joriy yil 14 yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati Özbekiston hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uçun 23 yildan buyon qidiruvda bölgan U.S. xorijda uşlanib, mamlakatga olib kelinganini xabar qilgan edi.