Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonga borib-kelish qachon erkinlashadi? Vazir o‘rinbosari izoh berdi
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Kun.uz muxbirining O‘zbekiston fuqarolari qo‘shni davlatlar, jumladan, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston emin-erkin borib kelayotgani, biroq haligacha Turkmanistonga borib-kelish muammoliligicha qolayotgani, yaqin kelajakda munosabatlar yaxshilanishi ehtimoli bor-yo‘qligi haqidagi savoliga javob berdi.
«Har bir davlatning o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Ularni hurmat qilishimiz kerak. Turkmaniston bilan aloqalarimiz juda yaxshi. U – salohiyati katta davlat. Mana yaqinda Turkmanistonning prezidenti O‘zbekistonda [bo‘lib o‘tgan] Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahatlashuvida ishtirok etdi. Chegara masalasida ham biz ular bilan hozirgi kunda muntazam ravishda muzokara olib boryapmiz. Albatta, bu masalalar ham kelajakda yechimini topadi», deya Ilhom Ne'matovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, Turkmaniston O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilmagan. Turkmanistonliklar O‘zbekistonga 3 kungacha vizasiz, 3 kundan ortiq bo‘lgan muddatga esa viza asosida kelib-ketishlari mumkin. Markaziy Osiyodagi boshqa qo‘shni davlatlar bilan viza rejimi allaqachon bekor qilingan.
Avvalroq Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Turkmaniston bilan davlat chegaralarini belgilash bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarga ham to‘xtalib o‘tgan va 2020 yilda chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha bitimni imzolanishini ma'lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Turkmaniston bilan – 1831,49 km uzunlikdagi umumiy chegaraga ega.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026